Yanvar-martda aholi daromadi yuqori va past bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Toshkent va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 2021-yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 95,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi raqamlari darak bermoqda.
Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.
Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 9,8 foizni tashkil etdi.
2021 yil yanvar-mart oylarida (uch oy davomida) aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahri (6,3 mln so‘m), Navoiy (4,5 mln so‘m), Buxoro (3,1 mln so‘m), Toshkent (3,1 mln so‘m) va Xorazm (2,8 mln so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgani kuzatildi.
Shu davr mobaynida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Namangan (1,9 mln so‘m), Farg‘ona (2 mln so‘m) va Surxondaryo viloyatlarida (2 mln so‘m) bo‘lgan.
2021 yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholi jon boshiga umumiy daromadlar real o‘sishi 7,7 foizni tashkil etdi, 2020-yil yanvar-mart holatiga esa bu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Xorazm (11,2 foiz), Samarqand (10,7 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,0 foiz) kuzatildi.
Shu bilan birga, Toshkent (7,4 foiz), Surxondaryo (6,9 foiz), Jizzax (6,8 foiz), Navoiy (5,9 foiz), Farg‘ona (5,0 foiz), Sirdaryo (4,7 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (3,4 foiz) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Shavkat Mirziyoyev posetil xozaystvo Kuxna vodiy baxori v Altinkulskom rayone Andijaskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2020
Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev
Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 66,1 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 27,7 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlar sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida kuzatildi (80,8 foiz). Aksincha, Samarqand viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkich qayd etildi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
O‘zbekistonda 2020-yilda aholi daromadi keskin kamaygan - MB
2021- yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining eng yuqori ulushi Samarqand (25,6 foiz) va Xorazm (21,8 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, Andijon (21,2 foiz), Surxondaryo (21,1 foiz) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (18,7 foiz), Qashqadaryo (18,6 foiz), Namangan (17,7 foiz), Buxoro (16,9 foiz), va Farg‘ona (15,9 foiz) viloyatlarida respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0