Linkoln “arvohi” Oq uy matbuot kotibini qo‘rqitib yubordi

© AFP 2023 / DREW ANGERERPress-sekretar Belogo doma Djen Psaki
Press-sekretar Belogo doma Djen Psaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Jen Psaki brifing chog‘ida g‘ichirlagan tovushdan qo‘rqib ketdi va bu AQSh prezidenti Avraam Linkolnning arvohi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining brifingi davomida kutilmagan hodisa ro‘y berdi.
Psaki jurnalistlarning savollariga javob berayotgan bir paytda yon tomondan nimadir g‘ichirlab ketdi. U o‘z chiqishini bir necha soniyaga to‘xtatib, u yoqqa qarashga majbur bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda avvaliga matbuot kotib qo‘rqib ketganini payqash qiyin emas.
Psaki buni hazilga yo‘yib, ehtimol, bu AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning arvohi bo‘lganini aytdi.
“Qo‘rmang, Linkoln ruhi kezib yurgan bo‘lishi istisno qilinmaydi”, - dedi kulib Psaki.
Yangiliklar lentasi
0