https://oz.sputniknews.uz/20210428/fuqarolarga-ham-konstitutsiyaviy-sudga-murojaat-qilish-huquqi-berildi-18526270.html
Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi
Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 28.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-28T11:39+0500
2021-04-28T11:39+0500
2021-04-28T11:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/15/15838073_0:117:3073:1845_1920x0_80_0_0_5f9e4fdb509174d41700eb9c33920270.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 2021-yil 27-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayan ishda qo‘llanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko‘rib chiqishi belgilandi. Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat bo‘ladi (ilgari 7 nafar edi).Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga quyidagilar kiritildi:Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/15/15838073_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bde5e68efb55beee6dcbae27454ba31c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sud
jamiyat, o‘zbekiston, sud
Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 2021 yil 27-aprel kuni
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi
qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayan ishda qo‘llanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko‘rib chiqishi belgilandi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar qonun ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzmoqda deb hisoblasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli.
Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat bo‘ladi (ilgari 7 nafar edi).
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga quyidagilar kiritildi:
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi;
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.