Yusup Kabuljanov TIV matbuot kotibi etib tayinlandi

© Press-slujba MID UzbekistanaYusup Kabuljanov
Yusup Kabuljanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili bo‘ldi
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Yusup Kabuljanov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Kabuljonov diplomatiya sohasida 2009-yildan buyon ishlaydi. U 2009-2016 yillarda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
Yusuf Kabuljonov 2016-2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0