https://oz.sputniknews.uz/20210427/sadir-japarov-ozbekiston-bilan-chegaraga-oid-muzokaralar-yuzasidan-izoh-berdi-18509842.html
Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegaraga oid muzokaralar yuzasidan izoh berdi
Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegaraga oid muzokaralar yuzasidan izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti chegara masalasini hal etishda xalq fikri inobatga olinishini ma’lum qildi. 27.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-27T13:11+0500
2021-04-27T13:11+0500
2021-04-27T13:11+0500
dunyoda
o‘zbekiston
qirg‘iziston
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17689737_409:135:1095:521_1920x0_80_0_0_e06884f5230cdc155c1719851b7cadc7.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mahalliy OAVga bergan intervyusida chegara bo‘yicha muzokaralar boshlang‘ich bosqichda ekanini ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buni xohlaymizki yoki yo‘q, lekin chegara masalasini muzokaralar va hududlarni o‘zaro almashish yo‘li bilan hal qilmoq darkor. U ilgari hukumat chegara masalalarini yopiq eshiklar ortida hal qilgani va aholi buni keyin bilganini qayd etdi.“Biz avvalgi hukumat xatolarini takrorlamaslik uchun odamlarga ko‘rsatamiz, ularning roziligini olib hal qilamiz. Siyosatimiz shunaqa. Rejaga ko‘ra, hammasi yopiq tarzda o‘tishi lozim, ko‘p hujjatlar maxfiy. Ammo biz xalq fikrini e’tiborga olamiz”, - dedi Qirg‘iziston yetakchisi.U chegara masalasi birgina imzolangan bayonnoma bilan hal qilinmasligini qo‘shimcha qilgan. Buning uchun to‘rt bosqichdan o‘tish zarur: ishchi komissiyasining qarori, hujjatni JKga yuboradigan yoki qaytarib beradigan prezident roziligi, parlament ratifikatsiyasi va prezident imzosi. “Bizda hozir faqat boshlang‘ich bosqich. Biz hammasi oshkora va shaffof o‘tishini va 10-15 yildan so‘ng xalq biz haqimizda yomon gapirmasligini istaymiz”, - dedi Japarov.Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari muzokaralar o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasida chegara masalasi 100 foizga hal qilinganini ma’lum qilgan edi. Chegara yaqinidagi bahsli hududlarni o‘zaro almashish to‘g‘risida bayonnoma imzolangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210326/toshkent-va-bishkek-chashma-bulogidan-birgalikda-foydalanadi---tashiev-bayonoti-17979081.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17689737_68:0:1205:853_1920x0_80_0_0_d20d01c97364f880c3b02c9f0b678894.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, qirg‘iziston, sadir japarov
dunyoda, o‘zbekiston, qirg‘iziston, sadir japarov
Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegaraga oid muzokaralar yuzasidan izoh berdi
Qirg‘iziston prezidenti chegara masalasini hal etishda xalq fikri inobatga olinishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mahalliy OAVga bergan intervyusida chegara bo‘yicha muzokaralar boshlang‘ich bosqichda ekanini ma’lum qildi, deb
yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buni xohlaymizki yoki yo‘q, lekin chegara masalasini muzokaralar va hududlarni o‘zaro almashish yo‘li bilan hal qilmoq darkor. U ilgari hukumat chegara masalalarini yopiq eshiklar ortida hal qilgani va aholi buni keyin bilganini qayd etdi.
“Biz avvalgi hukumat xatolarini takrorlamaslik uchun odamlarga ko‘rsatamiz, ularning roziligini olib hal qilamiz. Siyosatimiz shunaqa. Rejaga ko‘ra, hammasi yopiq tarzda o‘tishi lozim, ko‘p hujjatlar maxfiy. Ammo biz xalq fikrini e’tiborga olamiz”, - dedi Qirg‘iziston yetakchisi.
U chegara masalasi birgina imzolangan bayonnoma bilan hal qilinmasligini qo‘shimcha qilgan. Buning uchun to‘rt bosqichdan o‘tish zarur: ishchi komissiyasining qarori, hujjatni JKga yuboradigan yoki qaytarib beradigan prezident roziligi, parlament ratifikatsiyasi va prezident imzosi.
“Bizda hozir faqat boshlang‘ich bosqich. Biz hammasi oshkora va shaffof o‘tishini va 10-15 yildan so‘ng xalq biz haqimizda yomon gapirmasligini istaymiz”, - dedi Japarov.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari muzokaralar o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasida chegara masalasi 100 foizga hal qilinganini
ma’lum qilgan edi. Chegara yaqinidagi bahsli hududlarni o‘zaro almashish to‘g‘risida bayonnoma imzolangan.