Andijonda qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni biznesga aylantirgan o‘quvchilar ushlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari fuqarolarga soxta test tahlillarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Andijon viloyatida qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni “kasb qilgan” o‘quvchilar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik” chegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari M.U. va N.M. tadbirga jalb qilingan ikki fuqaroga koronavirus aniqlanmagani to‘g‘risidagi soxta PZR-testini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ular xizmatlari evaziga 110 ming so‘m so‘rashgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Fuqaroni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
M.U.ning yashash xonadonida 45 dona Andijon viloyati SEOM g‘azna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona koronavirusga (COVID-19) test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma blankasi aniqlangan.
Bundan tashqari, 1 dona “ASER” noutbuk va 1 dona “YeRSON” rangli printer musodara qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0