Jamiyat

Yozga xos: hafta davomida issiq ob-havo kuzatiladi

© AP Photo / Mindaugas KulbisDeti igrayut v fontane vo vremya jarы v Vilnyuse, Litva
Deti igrayut v fontane vo vremya jarы v Vilnyuse, Litva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
25 apreldan boshlab mamlakatga juda iliq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻylab yoz boshi uchun xos boʻlgan ochiq ob-havo harorati kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
26 aprel va ish haftasining davomida harorat meʼyordan 5-8° ga koʻp boʻladi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 32-35°, janubda va choʻl hududlarida 37-38° gacha boʻladi.
Kunduzgi harorat shu kunlar uchun boʻlgan mutlaq maksimumga yaqinlashadi, deb ogohlantiradi sinoptiklar.
Haftaning oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli boʻlishi kutilmoqda, lekin yogʻingarchilik ehtimoli kam boʻladi. Kunduz kuni harorat 27-32° gacha biroz pasayadi, ammo meʼyordan yuqori boʻlib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0