Jamiyat

Toshkent aeroportining ikkinchi qavatiga olib boradigan estakada yoʻli ochiladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov / Novыy mejdunarodnыy terminal aeroporta Tashkent
Novыy mejdunarodnыy terminal aeroporta Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yaqin kunlarda Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boruvchi, uzoq vaqt yopiq boʻlgan estakada ochiladi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yoʻli ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu rejalar prezident Shavkat Mirziyoyevga “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” kompaniyalarini transformatsiya qilish borasidagi taqdimot davomida maʼlum qilingan.
“Yana bir yangilik – Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yoʻli ochilishi kutilmoqda. Bu ham yoʻlovchilarga katta qulayliklar yaratadi”, - dedi Asadov brifingda.
Shuningdek, Frantsiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0