Video

Tebranayapmiz, lekin taslim boʻlmaymiz: Toshkent zilzilasidan 55 yil oʻtdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1966 yildagi yer qimirlashidan soʻng qardosh xalqlar yordami bilan Toshkent SSSRning eng chiroyli shaharlaridan biriga aylangan va 100ta millatga boyigan edi.
Bundan 55 yil oldin, 1966 yilning 26 aprel, tong soat 5:23da Toshkent shahrida kuchli zilzila sodir boʻlgan edi.
Yer qimirlash epitsentri shahar markaziga toʻgʻri kelgani va zilzila kuchi 8 ball boʻlgani tufayli, Toshkentda 1373 uy va inshootlar buzilib ketgan, 300 ming kishi boshpanasiz qolgan edi. Shaharda 16 ming palatka qurib uysiz qolgan fuqarolar vaqtincha palatkalarda yashashga oʻtgan edi.
Oʻshanda butun Sovet Ittifoqining barcha respublikalaridan quruvchilar, qurilish texnikasi va qurilish materiallari yuborilgan edi. Qisqa vaqt ichida Toshkentda 9ta qurilish kombinatlari qurib bitkazildi.
Qardosh xalqlar yordami bilan 1966 yilning qishiga qadar 78 ming oila uy bilan taʼminlangan, 3,5 yildan soʻng buzilgan binolari toʻliq qayta tiklangan va 10 yildan soʻng esa Toshkent SSSRning eng koʻrkam shaharlaridan biriga aylangan edi. Shuningdek Oʻzbekiston poytaxtida yashayotgan millatlar soni yana 100taga koʻpaygan edi.
Yer qimirlashining sanasi arafasida Oʻzbekiston FVV eng zamonaviy seysmik trenajer yordamida 1966 yil yer qimirlashini takrorlashdi. Ushbu Kadrlardan yaqqol koʻrinib turibdiki, bunday yer qimirlashidan kamdan kam binolar omon qolishi mumkin.
Bir vaqtning oʻzida yer qimirlashi vaqtida jon saqlash uchun eng yaxshi uslublarni ham namoyish qilishgan.
Yer qimirlashi dahshati hamda, tabiiy ofat vaqtida qanday jon saqlash mumkinligi haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0