Hodisalar

“Taxiatosh IES”da yirik yongʻin roʻy bergani rad etildi

© SputnikEkskursiya po Taxiatashskoy TES
Ekskursiya po Taxiatashskoy TES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yongʻin yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpogʻistonning aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yongʻin yuz bermagan. Bu haqda “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ rasman maʼlum qildi.
Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yongʻin yuz bergani va Qoraqalpogʻistonning aksariyat hududlari svetsiz qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Maʼlum qilinishicha, 25 aprel kuni soat 20:46 da stantsiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bugʻ-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida oʻchib qolgan.
Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stantsiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.
Xabarda energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, energotizimga ulanayotgani qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0