Jamiyat

Esnash xavfli xastaliklar alomatimi?

Zevota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tez-tez va asossiz esnash xavfli kasalliklarning alomati boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Koʻpgina insonlar esnashni mutlaqo zararsiz va hatto foydali refleks deb hisoblaydi. Aslida tez-tez va asossiz esnash xavfli kasalliklarning alomati boʻlishi mumkin. Tibbiyot fanlari doktori Baxtiyor Gʻofurov esnashga oid qator dolzarb savollarga javob berdi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, bu odatning insonga foydali jihatlari juda koʻp: u orqali mushaklar boʻshashib, miya va tananing boshqa aʼzolari kislorod bilan toʻyinadi, organizmdagi jismoniy charchoq va ruhiy yuk yengillashadi, eng asosiysi, esnash miyani “sovutish”ga yordam beradi.
Esnash paytida eng koʻp jagʻ mushaklari zoʻriqib, ular toʻgʻridan-toʻgʻri insonning koʻrishiga taʼsir qiladi. Olimlarning aytishicha, uyqusida tishini gʻijirlatadiganlarga esnash foydali ekan. Koʻpchilik esnashni tezroq uxlashga koʻmaklashadi, deb oʻylaydi. Bu notoʻgʻri, aksincha, u uyquni qochirib, tanani tetiklashtiradi.
Taʼkidlanishicha, odatda inson bir kunda 7-15 martagacha esnashi meʼyor hisoblanadi. Biroq undan ortiq esnash, avvalo, surunkali charchash sindromi hisoblanib, bu holatni kunlik 7-8 soatlik uyqu bilan yengib boʻlmaydi.
“Boisi bu sindrom uzoq davom etgan ogʻir ish jarayoni, toʻyib uxlamaslik, notoʻgʻri ovqatlanish, sport va jismoniy mehnat bilan muntazam shugʻullanmaslik oqibatida rivojlanadi. Mutaxassislar tomonidan bunday esnash qonda kortizol (stress) gormonining miqdori orttishi bilan tushuntiriladi”, - dedi Gʻofurov.
Shuningdek, inson surunkali charchaganda koʻkrakda ogʻriq, nafas olish va yurak urishining tezlashishi, bosh ogʻrigʻi va hatto hushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.
Pojiloy turist - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Jamiyat
Inson uch bosqichda qariydi - olimlar tadqiqoti
Mutaxassis tez-tez va betartib esnash depressiya xastaligining alomati boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Chunki depressiya paytida insonda kortizol gormonining ortib ketishi kuzatiladi va bunda bemor koʻp esnaydi.
Qolaversa, antidepressantlar ichish va buning natijasida serotonin gormoni miqdorining ortishi hisobiga ham bunday holat kuzatilishi mumkin. Depressiya vaqtida bemor umidsiz va xomush kayfiyat taʼsiridan chiqib keta olmaydi hamda atrof-muhitga qiziqishi yoʻqolib, bosh ogʻrigʻi va ixtiyorsiz agressiya kuchayadi. Shu bois bunday vaziyatlarda shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0