Iqtisod

Energetika vazirligi benzin sifati yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda benzin sifati pastligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda isteʼmolchilarni yuqori sifatli neft mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, muntazam ravishda oʻrganish ishlari olib boriladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda benzin sifati pastligi va haydovchilar bundan shikoyat qilayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
“UzAuto Motors” faqat tekshirilgan joylarda yoqilgʻi quyishni tavsiya qilgan edi, “Oʻzbekneftgaz” esa import yoqilgʻisi sifati pastligi haqida maʼlum qilgan edi.
Energetika vazirligi xabariga koʻra, import asosida kirib kelayotgan mahsulotlar xalqaro standartlarga muvofiq. Ulardan davlat chegaralaridan olib kirishda akreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarni xulosalari talab etiladi.
“Import avtobenzinlarni sifatini buzilish holatlari baʼzi nopok tadbirkorlar tomonidan respublika hududida amalga oshirishmoqda. Bu esa import mahsulot deyilmaydi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik tekshirish va oʻrganishlar davomida sifatsiz avtobenzin yoqilgʻisi aniqlanishi, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilishini taʼkidlagan.
Zapravщik zapravlyayet avtomobil na AZS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Iqtisod
Markaziy Osiyoda eng arzon benzin qayerda?
“Oʻzneftgazinspektsiya” Nazorat – kimyo laboratoriyasi sifat nazorati va tahlili bilan shugʻullanadi. 2021 yil boshidan 1 286 ta xususiy avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va 61 ta yirik korxonalar benzini tahlil qilingan.
Mazkur davr mobaynida 1 608 ta holatda (22 668 tonna) neft mahsulotlaridan namunalar olingan va 94 ta holatda sifat koʻrsatkichlari tahlil qilingan.
(745 tonna) neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, import asosida olib kelingan 44 855 tonna neft namunalari tahlil qilingan va ular sifatli deb topilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 5-6 ta AYOQShdan xarid qilib olingan avtobenzin yoqilgʻisi sifat koʻrsatkichi belgilangan meʼyor talablariga muvofiq emasligi, butun respublikadagi avtobenzin yoqilgʻilarini sifatsiz ekanligidan dalolat bermaydi va bu bilan umumiy xulosa qilish notoʻgʻri”, - deyilgan xabarda.
Xabarda yozilishicha, benzin sifati mavzusiga bogʻliq fikr joylashtirishda bu mavzudan yaxshi xabardor boʻlish zarurligi taʼkidlangan. Masalan, 22 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Malibu-2” avtomashinaning motor dvigateli ishdan chiqqanligi aks etgan video tarqalgan edi. Video muallifi tsilindr bosh qismi qora moy boʻlib ketganligini koʻrsatib, bunga avtobenzin sifatsizligi sabab boʻlganini aytgan.
“Ushbu lavha boʻyicha mutaxassislar bilan olib borilgan suhbatlar davomida, avtobenzin motor qismiga kelib yonish jarayoniga qadar bir necha filtrlardan oʻtishi sababli, ushbu nosozlik avtobenzin sifatiga bogʻliq boʻlmasligi taʼkidlandi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Oʻrganishlar davomida tayyor neft mahsulotlar tarkibiga “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilayotgan piroliz distillyati qoʻshish orqali sifat koʻrsatkichlari buzilayotganligi aniqlangan. Birja savdolari orqali piroliz distilyatini xarid qilib olayotgan tadbirkorlik subʼyektlarida qayta ishlash texnologiyalari yetarli darajada mavjud emasligi bois nomuvofiq maqsadlarda foydalanmoqda.
Ushbu tekshirish davomida 7 ta kompaniyada tayyor turdagi neft mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlari buzilish holatlari aniqlangan, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Shuningdek, 1 ta kompaniya litsenziya bitimi talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzgani uchun uning litsenziyasini bekor qilish masalasi yuzasidan sudga daʼvo ariza kiritilgan.
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda benzin narxi yana oshadi
Bundan tashqari, piroliz distilyatini eksportga yoʻnaltirish choralarini koʻrish yoki ichki bozorga sotishda vakolatli idoralarning tegishli ruxsatnoma va xulosalariga asosan hamda qayta ishlash texnologiyalariga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlariga sotish yuzasidan “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QKga koʻrsatma berilgan.
Vazirlik avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalariga avtobenzin yetkazib berayotgan ayrim korxonalar faoliyatini tekshirish yuzasidan Vakil (Biznes Ombudsman)ga murojaat yuborgan. May oyida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi”da amaldagi meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini oʻrganish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0