https://oz.sputniknews.uz/20210425/ruslan-nurudinov-yangi-jahon-rekordini-ornatdi-18480974.html
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
Siltab ko‘tarish mashqida ikki o‘zbekistonlik sportchi oltin medal uchun o‘zaro bellashdi. 25.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-25T09:55+0500
2021-04-25T09:55+0500
2021-04-25T09:55+0500
sport
og‘ir atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/19/18480932_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_22ebae0b7be278b1d260621e8f8bb42f.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda Ruslan Nurudinov oltin medalni qo‘lga kiritib, yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje o‘zbekistonlik sportchilar Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayevga jiddiy raqiblik qilgan.Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘ysundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qilgan. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.Siltab ko‘tarish mashqida Jo‘rayev va Nurudinov oltin medal uchun o‘zaro bellashdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatorida yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etdi.Og‘ir atletika, Osiyo chempionatiErkaklar, -109 kg:1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 429 (188 + 241) kg2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 428 (194 + 234) kg3. Yang Chje (Xitoy) – 415 (200 + 215)
https://oz.sputniknews.uz/20210418/ogabek-nafasov-ogir-atletika-boyicha-osiyo-chempionatida-kumush-medalga-ega-chiqdi-18389937.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/19/18480932_62:0:1215:865_1920x0_80_0_0_1d77cb51ae8529b174c1df93061fbc19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, og‘ir atletika
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Siltab ko‘tarish mashqida ikki o‘zbekistonlik sportchi oltin medal uchun o‘zaro bellashdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda Ruslan Nurudinov oltin medalni qo‘lga kiritib, yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabariga ko‘ra, dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje o‘zbekistonlik sportchilar Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayevga jiddiy raqiblik qilgan.
Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘ysundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qilgan. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.
Siltab ko‘tarish mashqida Jo‘rayev va Nurudinov oltin medal uchun o‘zaro bellashdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatorida yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etdi.
Og‘ir atletika, Osiyo chempionati
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 429 (188 + 241) kg
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 428 (194 + 234) kg
3. Yang Chje (Xitoy) – 415 (200 + 215)