O‘zbekistondagi ishsizlar soni ochiqlandi

© SputnikTrudovaya yarmarka vakansiy v Tashkente
Trudovaya yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Obuna bo‘lish
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev O‘zbekistondagi ishsizlar sonini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Hozirda O‘zbekistonda 1 million 600 ming fuqaro ishga muhtoj. Bu haqda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ma’lum qildi.
“Hozirda yurtimizda 1 million 600 ming aholi bandligini ta’minlash talab etilayotgan bo‘lsa, ularning 805 mingdan ortig‘i 16—30 yoshdagi ishsizlardir. Shuningdek, 2021-yilda mehnat bozoriga jami 560 ming bitiruvchi kirib keladi. Natijada joriy yilda yoshlar bandligini ta’minlash uchun ehtiyoj 1 million 365 mingdan ortiqni tashkil qiladi”, - dedi u Senatning 14-yalpi majlisida.
Shavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Mirziyoyev xotin-qizlar duch kelayotgan muammolarni sanab o‘tdi
Sayfullayev aynan shuning uchun ham 2021-yildagi davlat dasturida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilganini urg‘uladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida yoshlar masalasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qator hokimlarni ishdan bo‘shatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0