https://oz.sputniknews.uz/20210425/jo-bayden-armanlar-genotsidini-tan-oldi-18481655.html
Jo Bayden armanlar genotsidini tan oldi
Jo Bayden armanlar genotsidini tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir bo‘lganligini tan oldi 25.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-25T11:06+0500
2021-04-25T11:06+0500
2021-04-25T11:06+0500
dunyoda
aqsh
turkiya
mevlut chavusho‘g‘li
jo bayden
usmonlilar imperiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054371_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_f1e6a7cee57322a7672ec3227ad60389.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir bo‘lganligini tan oldi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan Amerika yetakchisining bayonotidan ma’lum bo‘ladi.“Har yili shu kunda biz Usmonlilar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok bo‘lgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz", – deyiladi AQSh prezidenti bayonotida.Bayden Amerika xalqi genotsid qurboniga aylangan barcha armanlar xotirasini hurmat qilishini qo‘shimcha qilgan.Turkiya bilan munosabatlari yomonlashishidan hadiksiragan Jo Baydendan oldingi davlat rahbarlari o‘z bayonotlarida “genotsid” so‘zini ishlatishgan qochishgan. 2019-yilda AQSh Senati va Kongressining vakillar palatasi ilk bor armanlar genotsidini tan olish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qilgan edi.Turkiya munosabatiTurkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘liq inkor etishini ma’lum qildi.“So‘zlar tarixni o‘zgartira yoki qayta yoza olmaydi. Bizning o‘tmishimiz to‘g‘risida kimlardandir o‘rganadigan narsamiz yo‘q. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay inkor qilamiz”, – deb Turkiya avaziri Twitter᾽dagi sahifasida.Turkiya TIVning rasmiy bayonotida bu bayonot Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi ma’lum qilingan.Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin AQSh prezidenti Jo Baydenga Qo‘shma shtatlar tarixiga boqishini tavsiya qilgan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054371_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_39b551ee54bc3c45197a019292aadb8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, turkiya, mevlut chavusho‘g‘li, jo bayden, usmonlilar imperiyasi
dunyoda, aqsh, turkiya, mevlut chavusho‘g‘li, jo bayden, usmonlilar imperiyasi
Jo Bayden armanlar genotsidini tan oldi
AQSh prezidenti Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir bo‘lganligini tan oldi
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir bo‘lganligini tan oldi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan Amerika yetakchisining
bayonotidan ma’lum bo‘ladi.
“Har yili shu kunda biz Usmonlilar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok bo‘lgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz", – deyiladi AQSh prezidenti bayonotida.
Bayden Amerika xalqi genotsid qurboniga aylangan barcha armanlar xotirasini hurmat qilishini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya bilan munosabatlari yomonlashishidan hadiksiragan Jo Baydendan oldingi davlat rahbarlari o‘z bayonotlarida “genotsid” so‘zini ishlatishgan qochishgan. 2019-yilda AQSh Senati va Kongressining vakillar palatasi ilk bor armanlar genotsidini tan olish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qilgan edi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘liq inkor etishini ma’lum qildi.
“So‘zlar tarixni o‘zgartira yoki qayta yoza olmaydi. Bizning o‘tmishimiz to‘g‘risida kimlardandir o‘rganadigan narsamiz yo‘q. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay inkor qilamiz”, – deb Turkiya avaziri
Twitter᾽dagi sahifasida.
Turkiya TIVning rasmiy bayonotida bu bayonot Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi
ma’lum qilingan.Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin AQSh prezidenti Jo Baydenga Qo‘shma shtatlar tarixiga boqishini
tavsiya qilgan.