https://oz.sputniknews.uz/20210424/tadbirkorlar-yollarga-kameralarni-qay-tartibi-ornatishi-mumkinligi-belgilandi-18476750.html
Tadbirkorlar yo‘llarga kameralarni qay tartibi o‘rnatishi mumkinligi belgilandi
Tadbirkorlar yo‘llarga kameralarni qay tartibi o‘rnatishi mumkinligi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi 735 ming so‘mdan 8 million 575 ming... 24.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-24T11:06+0500
2021-04-24T11:06+0500
2021-04-24T11:06+0500
jamiyat
yhhb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/912/55/9125520_0:97:1024:673_1920x0_80_0_0_aacd6736755b3219ca91aba4de8d73ad.jpg
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Tadbirkorlar tomonidan qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralar o‘rnatish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qaroriga tayangan holda O‘zA xabar bermoqda.Hujjatga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda “E-IJRO AUKSION” platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi. Tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2-yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.O‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi 735.000 so‘mdan 8.575.000 so‘mgacha belgilandi. Tizim o‘rnatilgach 10 kun davomida sinov tariqasida ishlatiladi va bu davrda qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima undirilmaydi. Tadbirkorlik subyektlariga tizim ishga tushirilgan kundan boshlab 1-yil davomida qayd etilgan qoidabuzarliklardan undirilgan jarima summasining 50 foizi, ishga tushirilganidan 1-yil o‘tgach esa 25 foizi o‘tkazib beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201209/Tadbirkorlarga-yollarda-radar-va-kamera-ornatishga-ruxsat-beriladi-15563992.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/912/55/9125520_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_1fbea6f620bfe171764b3214d5e91104.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yhhb
Tadbirkorlar yo‘llarga kameralarni qay tartibi o‘rnatishi mumkinligi belgilandi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi 735 ming so‘mdan 8 million 575 ming so‘mgacha belgilandi.
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Tadbirkorlar tomonidan qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralar o‘rnatish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qaroriga tayangan holda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda “E-IJRO AUKSION” platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi.
Tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2-yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
O‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi 735.000 so‘mdan 8.575.000 so‘mgacha belgilandi.
Tizim o‘rnatilgach 10 kun davomida sinov tariqasida ishlatiladi va bu davrda qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima undirilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlariga tizim ishga tushirilgan kundan boshlab 1-yil davomida qayd etilgan qoidabuzarliklardan undirilgan jarima summasining 50 foizi, ishga tushirilganidan 1-yil o‘tgach esa 25 foizi o‘tkazib beriladi.