O‘zbekistonga "Sputnik V" vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19
Gruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi olib kelindi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekistonga "Sputnik V" vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vaksinani O‘zbekistonga olib kelishda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi amaliy ko‘mak berdi. Shuningdek olib kelinayotgan vaksinaning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini Fevral oyida, vaksinaning uchinchi bosqich sinovlari tugaganidan so‘ng amalga oshirgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Rossiyada 1 mln doza vaksina uchun buyurtma joylashtirgan edi.
Ayni damda O‘zbekistonda shifokorlar, IIV xodimlari, o‘vituvchilar va keksa yoshli kishilarni ommaviy emlash jarayoni olib borilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra shu kunga qadar 450 mingdan ortiq fuqaro emlashdan o‘tgan.
O‘zbekistonda bugungi kunda 1 mln doza AstraZeneca vaksinasi hamda 1 mln o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0