https://oz.sputniknews.uz/20210423/magnit-boroni-xavfi-quyoshda-qatorasiga-3-kun-chaqnashlar-yuz-berdi--18464515.html
Magnit bo‘roni xavfi: Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz berdi
Magnit bo‘roni xavfi: Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz berdi
Sputnik O‘zbekiston
Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz bermoqda 23.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-23T13:14+0500
2021-04-23T13:14+0500
2023-04-05T18:33+0500
dunyoda
o‘zbekiston
quyosh, oy, kosmos
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/715/36/7153647_0:328:1500:1172_1920x0_80_0_0_82437f93ff9847e9a74a48eb59d60d84.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz bermoqda – kuni kecha 11-marta, bugun – uch marta qayd etildi. Rossiya Fanlar akademiyasi P.N.Lebedev nomidagi fizika instituti Quyosh astronomiyasi rentgen laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, Quyoshdagi chaqnashlar faolligining ko‘rsatkichi - to‘q sariq darajagacha oshirildi.Chaqnashlarning kuchi A, B, C, M va X ballar bo‘yicha tasniflanadi: chaqnash vaqtida Quyoshdan chiqadigan plazma bulutlari Yerda magnit bo‘ronlariga olib kelishi mumkin. Yengil bo‘ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va jonivorlarga ta’sir qilishi mumkin. Kuchli bo‘ronlar esa qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/715/36/7153647_0:188:1500:1313_1920x0_80_0_0_de577c600a0c9e2dc6c637733bedf267.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, quyosh, oy, kosmos, rossiya
dunyoda, o‘zbekiston, quyosh, oy, kosmos, rossiya
Magnit bo‘roni xavfi: Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz berdi
13:14 23.04.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz bermoqda
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Quyoshda qatorasiga 3-kun chaqnashlar yuz bermoqda – kuni kecha 11-marta, bugun – uch marta qayd etildi.
Rossiya Fanlar akademiyasi P.N.Lebedev nomidagi fizika instituti Quyosh astronomiyasi rentgen laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, Quyoshdagi chaqnashlar faolligining ko‘rsatkichi - to‘q sariq darajagacha oshirildi.
Ta’kidlanishicha, payshanba kuni "Quyoshda S va undan yuqori sinfda bo‘lgan 11-marta chaqnash qayd etildi". Juma kuni Moskva vaqti bilan soat 8.09, 5.37 va 4.32da yana 3-marta chaqnash sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, 25-aprel kuni 40 % ehtimollik bilan yengil magnit bo‘roni bo‘lishi bashorat qilinmoqda.
Chaqnashlarning kuchi A, B, C, M va X ballar bo‘yicha tasniflanadi: chaqnash vaqtida Quyoshdan chiqadigan plazma bulutlari Yerda magnit bo‘ronlariga olib kelishi mumkin.
Yengil bo‘ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va jonivorlarga ta’sir qilishi mumkin. Kuchli bo‘ronlar esa qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.