Buxorolik yigit sevgilisini "issiq-sovuq" orqali qaytarishni istab, 3 ming $dan ayrildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishGadalka
Gadalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Tergov harakatlari davomida,"issiq-sovuq"chining boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, deb xabar bergan Tergov departamenti.
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Buxorolik erkak sevgan qizini "issiq-sovuq" orqali qaytarishni istab, 3 ming dollaridan ayrildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining telegram kanalida xabar berilishicha, voqea mart oyida yuz bergan.
Koldunya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2019
Folbinga ishongan toshkentlik qiz ham yigitsiz, ham tilla taqinchoqsiz qoldi
"32 yoshli X.Sitora Buxoro shahrida yashagan T.Shavkat o‘zini “folbin” deb tanishtirib, uning sevgan qizini "issiq-sovuq" orqali qaytarib berishga va’da qilib, jami 3 000 AQSh dollar pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan", - deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Sitoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0