https://oz.sputniknews.uz/20210422/rossiya-iiv-mamlakatdagi-noqonuniy-migrantlarga-murojaat-qildi-18446450.html
Rossiya IIV mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
Rossiya IIV mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi.
2021-04-22T11:24+0500
2021-04-22T11:24+0500
2023-04-05T18:33+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1f/15712065_0:0:3049:1716_1920x0_80_0_0_2eb1a71be03e45048ced0c4b62064b08.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi. Ta’kidlanishicha, Rossiya iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida mehnat resurslari yetishmasligini inobatga olib, Rossiyada qolgan chet el fuqarolarini qurilish, uy-joy kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalariga qonuniy ishga jalb qilish yoki ularning o‘z vatanlariga qaytish imkoniyatlari ta’minlanmoqda.Vazirlik Rossiya hududida bo‘lish uchun hech qanday qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarga IIVning ular bo‘lib turgan joylardagi hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etgan.Prezident Vladimir Putinning farmoniga muvofiq migratsiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda mamlakat hududida bo‘lib turgan shaxslarga, bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llamasdan, o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solish imkoniyati berilgan.Avvalroq Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish istagidagi chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarurligini ta’kidlagan edi va ularni soyadan chiqishga chorlagan edi.O‘z navbatida, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirgan edi.Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakatdagi noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda. Bugungi kunda Rossiyada 332 mingdan ziyod o‘zbekistonlik noqonuniy ishlab kelmoqda. Ular yuqoridagi imkoniyatdan foydalanishlari va o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210421/deportatsiya-yoki-afv-ozbekistonlik-migrantlarni-15-iyundan-keyin-nimalar-kutyapti-18433611.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1f/15712065_115:0:2844:2047_1920x0_80_0_0_8608dcdf09b12c5f4f8d9a873d29b4fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, migratsiya, rossiya
migratsiya, migrantlar, migratsiya, rossiya
Rossiya IIV mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
11:24 22.04.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Ma’lum qilinishicha, migrantlarning hujjatlari rasmiylashtirib beriladi va hech qanday chora qo‘llanilmaydi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga
murojaat qildi. Ta’kidlanishicha, Rossiya iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida mehnat resurslari yetishmasligini inobatga olib, Rossiyada qolgan chet el fuqarolarini qurilish, uy-joy kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalariga qonuniy ishga jalb qilish yoki ularning o‘z vatanlariga qaytish imkoniyatlari ta’minlanmoqda.
Vazirlik Rossiya hududida bo‘lish uchun hech qanday qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarga IIVning ular bo‘lib turgan joylardagi hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etgan.
Prezident Vladimir Putinning farmoniga muvofiq migratsiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda mamlakat hududida bo‘lib turgan shaxslarga, bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llamasdan, o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solish
imkoniyati berilgan.“Ushbu fuqarolar va ularning oila a’zolariga nisbatan vaqtincha yashash muddatini uzaytirish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish istagidagi chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarurligini ta’kidlagan edi va ularni soyadan chiqishga
chorlagan edi.O‘z navbatida, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga
chaqirgan edi.Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakatdagi noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda. Bugungi kunda Rossiyada 332 mingdan ziyod o‘zbekistonlik noqonuniy
ishlab kelmoqda. Ular yuqoridagi imkoniyatdan foydalanishlari va o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari mumkin.