https://oz.sputniknews.uz/20210421/xivada--noananaviy-korinishidagi-qadimiy-quduq-topildi-18429573.html
Xivada noan’anaviy ko‘rinishdagi qadimiy quduq topildi
Xivada noan’anaviy ko‘rinishdagi qadimiy quduq topildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar
2021-04-21T12:27+0500
2021-04-21T12:27+0500
2021-04-21T12:28+0500
jamiyat
xiva
“ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi
arxeologik topilma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18423356_0:240:1280:960_1920x0_80_0_0_d1492bd9d3c4a993ae597e924d536575.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.Quduqqa qo‘riqxona hududida ta’mirlash ishlari vaqtida duch kelingan. Uning noan’anaviy ko‘rinishi turli xil farazlarga sabab bo‘lmoqda.Chunki bu quduq boshqa suv quduqlari kabi pastdan tepaga torayib ketmasdan uning barcha qismida diametri bir xil ya’ni, 2,6 metrni tashkil qiladi. Chuqurligi 5,6 metrga teng. Qadimgi an’anaga ko‘ra, quduqning asosi, ya’ni poydevor qismiga Xorazm sharoitida ko‘p uchraydigan daraxt, tut yoki gujumdan yog‘och poydevor o‘rnatilgan. Yog‘ochning qalinligi 16 sm atrofida. Quduq devorlariga 25x25x6 sm o‘lchamdagi pishgan g‘isht nozik did bilan terilgan. G‘ishtlar yuzasida rombsimon belgilar mavjud. Quduq taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgani taxmin qilinmoqda.Hozir olimlar mazkur quduqdan aynan nima maqsadda foydalanilganligini ilmiy jihatdan o‘rganmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20200211/Shov-shuvlarga-sabab-blgan-Surkhondardagi-topilma-aida-malumot-berildi-13439870.html
xiva
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18423356_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_9ed93bc03744bd742c8978966a56067a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xiva, “ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi, arxeologik topilma
jamiyat, xiva, “ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi, arxeologik topilma
Xivada noan’anaviy ko‘rinishdagi qadimiy quduq topildi
12:27 21.04.2021 (yangilandi: 12:28 21.04.2021) “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida qadimiy quduq topildi. U taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati
xabar bermoqda.
Quduqqa qo‘riqxona hududida ta’mirlash ishlari vaqtida duch kelingan. Uning noan’anaviy ko‘rinishi turli xil farazlarga sabab bo‘lmoqda.
Chunki bu quduq boshqa suv quduqlari kabi pastdan tepaga torayib ketmasdan uning barcha qismida diametri bir xil ya’ni, 2,6 metrni tashkil qiladi. Chuqurligi 5,6 metrga teng.
Qadimgi an’anaga ko‘ra, quduqning asosi, ya’ni poydevor qismiga Xorazm sharoitida ko‘p uchraydigan daraxt, tut yoki gujumdan yog‘och poydevor o‘rnatilgan. Yog‘ochning qalinligi 16 sm atrofida. Quduq devorlariga 25x25x6 sm o‘lchamdagi pishgan g‘isht nozik did bilan terilgan. G‘ishtlar yuzasida rombsimon belgilar mavjud.
Quduq taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgani taxmin qilinmoqda.
Hozir olimlar mazkur quduqdan aynan nima maqsadda foydalanilganligini ilmiy jihatdan o‘rganmoqda.