Sirdaryoda evakuator ustida turgan “Matiz” tezlikni oshirganlik uchun jarimaga tortildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Jarima maydonchasiga olib ketilayotgan “Matiz” 70 km/soat tezlikda harakatlanganlik uchun radarga tushgan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus evakuator ustida turgan “Matiz” tezlikni oshirganlik uchun radarga tushdi. Bu aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
© Soobshestvo "Voditeli Tashkenta" v FacebookV Uzbekistane oshtrafovali Matiz za previshenie skorosti na evakuatore
V Uzbekistane oshtrafovali Matiz za previshenie skorosti na evakuatore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
V Uzbekistane oshtrafovali Matiz za previshenie skorosti na evakuatore
IIV matbuot xizmati kotibi Shohrux G‘iyosov Sputnik nashriga bu voqea Sirdaryo viloyatida ro‘y berganini ma’lum qildi va texnik xato ekanini ta’kidladi.

“Bu texnika va ba’zan shunaqa xatoliklar bo‘lib turadi. Bunda odam ishtiroki juda minimaldir. Ketayotgan vaqtda evakuatorning raqami ko‘rinmagan, tizim esa “Matiz” avtomobilining raqami uning raqami deb qabul qilgan. Natijada u jarimaga tortilgan. Bunda hech qanday muammo yo‘q. Butun dunyoda kuzatiladigan holat”, - dedi IIV vakili.

IIV YHXBB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, bu holat Guliston shahri O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Mersedes-Bens Sprint” rusumli maxsus evakuator yuk mashinasi tezlikni oshirganligi sababli jarima solish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan. Jarimani evakuator yuk mashinasi haydovchisi to‘laydi.
Yangiliklar lentasi
0