Migrantlar "soyadan chiqishga” qo‘rqmasligi kerak - Kazakova

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD Rossii general-leytenant politsii Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD Rossii general-leytenant politsii Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
RF IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova readmissiya protsedurasini tushuntirdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. RF IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova Rossiya-Tojikiston muzokaralari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2021-yil 30-iyunga qadar migrantlar qanday harakat qilishlari kerakligi borasida tushuntirish berdi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Readmissiya (qaytarib olish) - bu chet el fuqarosining o‘z vataniga yanada qulayroq qaytishi uchun ikki davlat tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan protsedura.
"Bu jazo emas, balki protsedura" deb ta’kidladi Kazakova.
Ammo mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish uchun chet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan hududda migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarur.
"Biz bu imkoniyatdan foydalanishga, soyadan chiqishga qo‘rqmaslik, bo‘linmaga kelishga chaqiramiz", - dedi u.
IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i bunday migrantlarning huquqiy holatini tartibga solishga oydinlik kiritdi. Rossiya qonunchiligida migratsiya amnistiyasi degan tushuncha yo‘q. Huquqiy maqomni tartibga solish tushunchasi mavjud.
Shuning uchun Rossiya prezidentining 274-sonli qarori doirasida pandemiya tufayli Rossiya Federatsiyasi hududida qolgan va vataniga qayta olmagan barcha fuqarolar mamlakatda bo‘lish maqomini tartibga solish imkoniyatiga ega. Bu 30-iyunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0