Koreya kompaniyasi Qo‘qonda K-Town majmuasini quradi

© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiKoreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
U 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi Qo‘qonda K-Town majmuasini barpo etadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu majmua ostki qismida ikki qavatli avtoturargohlar mavjud 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiKoreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
2021 yil avgust oyida tamal toshi qo‘yiladigan majmua loyihasi 4 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda turar-joylarga talab kun sayin ortib borayotganini qayd etdi va majmua qurilishi sifatiga ta’sir etmagan holda amalga oshirish davrini qisqartirish bo‘yicha mulohazalarini bildirdi.
1950 yilda tashkil etilgan Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi, Koreyada ko‘plab yirik loyihalarni, shu jumladan Inchxon aeroporti loyihasini amalga oshirgan. Kompaniya Saudiya Arabistoni, Xitoy, Kuvayt, Kambodja, Filippin va boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham yirik qurilish loyihalarini amalga oshirgan.
Yangiliklar lentasi
0