https://oz.sputniknews.uz/20210421/2021-yilning-eng-yaxshi-avtomobili-aniqlandi-18430877.html
2021 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
2021 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21 apr –Sputnik. Nufuzli World Car Awards hay’at a’zolari 2021-yilning eng yaxshi avtomobili nomini e’lon qilishdi. Bu safar Volkswagen ID.4 - yilning
2021-04-21T13:18+0500
2021-04-21T13:18+0500
2021-04-21T13:28+0500
dunyoda
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18430437_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_d8a392812d30ec7f542feae1d703394e.jpg
TOShKENT, 21 apr –Sputnik. Nufuzli World Car Awards hay’at a’zolari 2021-yilning eng yaxshi avtomobili nomini e’lon qilishdi. Bu safar Volkswagen ID.4 - yilning eng yaxshi avtomobili deb e’loni qilindi. Ushbu tanlovda birinchi o‘rin uchun ID.4 bilan Toyota Yaris va elektrda harakatlanuvchi Honda E avtomobillari kurashgan edi. Natijada ID.4 - 798 ball, Yaris - 732 va E – 742 ball jamlashga muvaffaq bo‘ldi.Lekin Honda E avtomobili “Shahar uchun eng yaxshi avtomobil” nominatsiyasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.Shuningdek, Porsche 911 Turbo – “eng samarali” Mercedes-Benz S-Class – "eng hashamatali", va Land Rover Defender – “Eng yaxshi dizayn” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda World Car Awards eng yaxshi avtomobil deb Kia Telluride ni tanlagan edi. World Car Awards - Yilning eng yaxshi avtomobili tanlovi 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan, avtomobil sanoatining eng nufuzli konkursi hisoblanadi. Eng yaxshi avtomobilni tanlashda 94 nafar dunyoning taniqli va yetakchi avtomobil jurnalistlari va tanilgan professionallari ishtirok etadi. Hay’at a’zolari yangi avtomobillarning har biriga bir necha nominatsiyalar bo‘ycha bal berib chiqishadi. Eng yaxshi dizayn, Eng hashamatli, Eng quvvatli, Eng qulay shahar avtomobili va Yilning eng yaxshi avtomobili nominatsiyalaridir. Eng ko‘p ball to‘plagan avtomobil mutlaq yoki biror nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18430437_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_279ee26761da6cd09afe930765e409ce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, avtomobil
2021 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
13:18 21.04.2021 (yangilandi: 13:28 21.04.2021) Yilning eng yaxshi avtomobili deb "Volkswagen ID.4" tanlandi, "Honda E" bo‘lsa - “eng yaxshi shahar avtomobili” toifasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 21 apr –Sputnik. Nufuzli World Car Awards hay’at a’zolari 2021-yilning eng yaxshi avtomobili nomini e’lon qilishdi. Bu safar
Volkswagen ID.4 - yilning eng yaxshi avtomobili deb e’loni qilindi.
“Ushbu g‘alaba bilan Volkswagenga samimiy qutlovlarni yo‘llaymiz.
Volkswagen ID.4 – 2021-yilning eng yaxshi avtomobili deb tanlandi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu tanlovda birinchi o‘rin uchun ID.4 bilan Toyota Yaris va elektrda harakatlanuvchi Honda E avtomobillari kurashgan edi. Natijada ID.4 - 798 ball, Yaris - 732 va E – 742 ball jamlashga muvaffaq bo‘ldi.
Lekin Honda E avtomobili “Shahar uchun eng yaxshi avtomobil” nominatsiyasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek,
Porsche 911 Turbo – “eng samarali” Mercedes-Benz S-Class – "eng hashamatali", va Land Rover Defender – “Eng yaxshi dizayn” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda World Car Awards eng yaxshi avtomobil deb Kia Telluride ni tanlagan edi.
World Car Awards - Yilning eng yaxshi avtomobili tanlovi 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan, avtomobil sanoatining eng nufuzli konkursi hisoblanadi.
Eng yaxshi avtomobilni tanlashda 94 nafar dunyoning taniqli va yetakchi avtomobil jurnalistlari va tanilgan professionallari ishtirok etadi.
Hay’at a’zolari yangi avtomobillarning har biriga bir necha nominatsiyalar bo‘ycha bal berib chiqishadi. Eng yaxshi dizayn, Eng hashamatli, Eng quvvatli, Eng qulay shahar avtomobili va Yilning eng yaxshi avtomobili nominatsiyalaridir. Eng ko‘p ball to‘plagan avtomobil mutlaq yoki biror nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lishi mumkin.