“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma oldi

© AFP / OZAN KOSESamoleti aviakompanii "Turkish Airlines"
Samoleti aviakompanii Turkish Airlines - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ruxsatnoma 15-aprel kuni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan.
“Turkish Airlines” 2006-yil 28-sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega. Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0