https://oz.sputniknews.uz/20210420/samarqandda-erkak-farzandini-korsatmagan-qaynonasini-oroq-bilan-oldirdi-18420906.html
Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagan qaynonasini o‘roq bilan o‘ldirdi
Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagan qaynonasini o‘roq bilan o‘ldirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi erkak qaynonasini o‘roq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
2021-04-20T19:20+0500
2021-04-20T19:20+0500
2021-04-20T19:20+0500
hodisalar
o‘lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16014298_26:0:1276:703_1920x0_80_0_0_e7111a7ccee8a49a005cb408a3fb33c2.jpg
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi erkak qaynonasini o‘roq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.Xabarda aytilishicha, erkak mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga farzandini ko‘rishga kelgan. Qaynonasi bola bilan uchrashishga qarshilik qilgach esa o‘zaro janjal yuzaga keladi va oqibatda sobiq kuyov o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan ayolning ko‘krak va bel sohalariga uradi. Ayol joyida vafot etgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan. Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210119/Andizhonda-erkak-skingan-shnisini-ketmon-bilan-urib-ldirdi-15816586.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16014298_182:0:1119:703_1920x0_80_0_0_7ca004393fb5908a20e577b43bf3d1e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , o‘lim
Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagan qaynonasini o‘roq bilan o‘ldirdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan.
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi erkak qaynonasini o‘roq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, erkak mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga farzandini ko‘rishga kelgan. Qaynonasi bola bilan uchrashishga qarshilik qilgach esa o‘zaro janjal yuzaga keladi va oqibatda sobiq kuyov o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan ayolning ko‘krak va bel sohalariga uradi. Ayol joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan.
Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.
Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.