Quyoshda “noyob” chaqnash yuz berdi. Magnit bo‘roni bo‘lishi kutilyapti

Vspishki na Solnse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Olimlar quyoshda "noyob" chaqnash yuz bergani xabar berishdi
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘tgan tunda Quyoshda o‘rta sinf darajasidagi chaqnash yuz berdi, deb xabar qildi Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi olimlari.
Xabar berishicha, Amerikaning GOES-16 sun’iy yo‘ldoshidan olingan ma’lumotlar asosida, Moskva vaqti bilan soat 2.19 dan 2.59 gacha, "M" sinfidagi chaqnash qayd etildi. Chaqnash faollik indeksi yashildan sariq darajasigacha ko‘tarildi.
Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinga ko‘ra, chaqnash xavfli emas, ammo ikki yoki uch kundan keyin u Yer magnetosferasida magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin.
"Biz uchun bu chaqnash noyob, chunki biz Quyosh faolligining juda past darajasiga tushib qoldik, yaqinda to‘rt yoki beshta bunday chaqnash sodir bo‘ldi. Yerga ta’sir nuqtayi nazaridan hech qanday g‘ayrioddiy narsa bo‘lmaydi, maksimal - kichik magnit bo‘roni", deydi Kuzin.
Uning ta’kidlashicha, quyoshning maksimal faolligi davrida bunday chaqnash bir kundan so‘ng sodir bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0