O‘zbekiston aholisi 35 millionga yaqinlashmoqda

© Sputnik / StringerPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Respublikada yanvar-mart oylarida 179,8 mingta tug‘ilish qayd etilgan.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 2021 yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34,7 million kishini tashkil etmoqda. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Jami aholining 17,2 million nafarini ayollar, 17,5 millionini esa erkaklar tashkil qilmoqda, ya’ni erkaklar ayollardan 300 ming nafarga ko‘proq.
Aholining 17,6 millioni shaharlarda, 17,1 million kishi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Yanvar-mart oylarida 179,8 mingta tug‘ilish, 39,6 mingta o‘lim qayd etilgan. Shu davr mobaynida 59,9 mingta nikoh, 9,4 mingta ajrashish holatlari ro‘yxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0