https://oz.sputniknews.uz/20210420/oltinchi-muddatga-qayta-saylagan-chad-prezidenti-jangda-olgan-jarohatdan-vafot-etdi-18417591.html
Oltinchi muddatga qayta saylangan Chad prezidenti jangda olgan jarohatdan vafot etdi
Oltinchi muddatga qayta saylangan Chad prezidenti jangda olgan jarohatdan vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Chad prezidenti Idriss Debi Itno 20-aprel, seshanba kuni, isonchilarga qarshi jangovar harakatlar vaqtida olgan jarohatdan vafot etdi.
2021-04-20T17:27+0500
2021-04-20T17:27+0500
2021-04-20T17:32+0500
dunyoda
chad
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18417100_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_e342bcc361cc850929ab82657ed28170.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Chad prezidenti Idriss Debi Itno 20-aprel, seshanba kuni, isonchilarga qarshi jangovar harakatlar vaqtida olgan jarohatdan vafot etdi. Bu haqda “Agence France Press” nashri Chad davlat televideniyesiga tayangan holda xabar qildi.“Prezident va oliy bosh qo‘mondon Idriss Debi Itno hozirgina vafot etdi ”, - degan efir vaqtida Chad armiyasining rasmiy vakili polkovnik Azema Bermandoa.Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar vaqtida juda qattiq jarohat olgan. O‘sha kuni Idriss Debi Itno mamlakat poytaxti Njamenadan shimol tarafda isonchilar bo‘linmalarini yo‘q qilish amaliyotiga rahbarlik qilgan.Avvalroq 20-aprel kuni Chad mustaqil milliy saylov komissiyasi mamlakatni 1990-yildan beri boshqarib kelayotgan general Idriss Debi Itno 11-aprel kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi. U saylovchilarning 79,32 foiz ovozini olib, oltinchi muddatga qayta saylangan.“Chaddagi o‘zgarish va inoqlik fronti” qurollangan isonchi guruh bo‘linmalari Liviyadagi bazalaridan chiqib, saylovlar kuni 11-aprelda Chad hududiga bostirib kirgan. Ularni hukumat qo‘shinlari tor-mor etgan. Jangda 300 nafardan ziyod isonchi o‘ldirilgan, yana 150 nafari asirga olingan. Amaliyotga prezidentning shaxsan o‘zi rahbarlik qilgan. Jang vaqtida davlat rahbari qattiq yaralangan.
chad
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18417100_161:0:2892:2048_1920x0_80_0_0_5792019fa18be46ffbe92d8cb21cc388.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, chad
Oltinchi muddatga qayta saylangan Chad prezidenti jangda olgan jarohatdan vafot etdi
17:27 20.04.2021 (yangilandi: 17:32 20.04.2021) Chad yetakchisi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar vaqtida juda qattiq jarohat olgan.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Chad prezidenti Idriss Debi Itno 20-aprel, seshanba kuni, isonchilarga qarshi jangovar harakatlar vaqtida olgan jarohatdan vafot etdi. Bu haqda “
Agence France Press” nashri Chad davlat televideniyesiga tayangan holda xabar qildi.
“Prezident va oliy bosh qo‘mondon Idriss Debi Itno hozirgina vafot etdi ”, - degan efir vaqtida Chad armiyasining rasmiy vakili polkovnik Azema Bermandoa.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar vaqtida juda qattiq jarohat olgan. O‘sha kuni Idriss Debi Itno mamlakat poytaxti Njamenadan shimol tarafda isonchilar bo‘linmalarini yo‘q qilish amaliyotiga rahbarlik qilgan.
Avvalroq 20-aprel kuni Chad mustaqil milliy saylov komissiyasi mamlakatni 1990-yildan beri boshqarib kelayotgan general Idriss Debi Itno 11-aprel kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi. U saylovchilarning 79,32 foiz ovozini olib, oltinchi muddatga qayta saylangan.
“Chaddagi o‘zgarish va inoqlik fronti” qurollangan isonchi guruh bo‘linmalari Liviyadagi bazalaridan chiqib, saylovlar kuni 11-aprelda Chad hududiga bostirib kirgan. Ularni hukumat qo‘shinlari tor-mor etgan. Jangda 300 nafardan ziyod isonchi o‘ldirilgan, yana 150 nafari asirga olingan. Amaliyotga prezidentning shaxsan o‘zi rahbarlik qilgan. Jang vaqtida davlat rahbari qattiq yaralangan.