Koronavirus aniqlangan 3ta OTM onlayn ta’limga o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishPodrostok za kompyuterom
Podrostok za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
JIDU, ToshDO‘TAU va SamISI oliygohlari talabalar va o‘qituvchilar orasida koronavirus holatlari tarqalishini oldini olish maqsadida 14 kunlik onlayn ta’lim shakliga o‘tishdi.
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan 3ta loiy ta’lim maskani onlayn ta’lim shakliga o‘tdi. Bu haqida oliygohlar axborot xizmati ma’lum qilidi.
Xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti 19-apreldan boshlab 14 kunlik onlayn ta’lim shakliga o‘tdi. Bunga sabab o‘tgan haftada "ba’zi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etilgani" bo‘lgan.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti ham 19-apreldan boshlab masofaviy ta’limga o‘tgan.
Undan tashqari Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti o‘qituvchilari va talabalari orasida COVID-19ga chalinish holatlari aniqlangani sababli 20-apreldan boshlab masofaviy ta’limga o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0