https://oz.sputniknews.uz/20210419/termizdagi-restoranda-iftorlik-vaqtida-ommaviy-mushtlashuv-sodir-boldi-18402061.html
Termizdagi restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Termizdagi restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot
2021-04-19T16:21+0500
2021-04-19T16:21+0500
2021-04-19T16:21+0500
hodisalar
termiz
bezorilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.Mushtlashuv 16-aprel kuni soat 19:10 larda “Xan Sultan” restoranida sodir bo‘lgan. U yerda 36 yoshli N.N. va 31 yoshli T.A. oila a’zolari bilan alohida stolda ovqatlangan. Bir payt N.N. 22 yoshli ofitsiant N.A.ni buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan. Keyin yuqoridagi mizojlar ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan yana to‘rt kishini do‘pposlashgan va restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini chil-chil sindirishgan.Hozir N.N. va T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular qo‘lga olingan. Tergovda aniqlanishicha, ular muqaddam ham bezorilik jinoyatlari uchun sudlanishgan.Hozirda tergov davom etmoqda.
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , termiz, bezorilik
hodisalar , termiz, bezorilik
Termizdagi restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Mijozlardan biri ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantni haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati
xabar qildi.
Mushtlashuv 16-aprel kuni soat 19:10 larda “Xan Sultan” restoranida sodir bo‘lgan. U yerda 36 yoshli N.N. va 31 yoshli T.A. oila a’zolari bilan alohida stolda ovqatlangan. Bir payt N.N. 22 yoshli ofitsiant N.A.ni buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
Keyin yuqoridagi mizojlar ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan yana to‘rt kishini do‘pposlashgan va restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini chil-chil sindirishgan.
Hozir N.N. va T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular qo‘lga olingan.
Tergovda aniqlanishicha, ular muqaddam ham bezorilik jinoyatlari uchun sudlanishgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.