Karantin qoidalari keskin kuchaytirildi

© GUVD TashkentaSotrudniki pravooxranitelnix organov v g. Tashkent
Sotrudniki pravooxranitelnix organov v g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payganini hisobga olgan holda, Maxsus komissiya 18-apreldan boshlab karantin choralarini keskin kuchaytirishga qaror qildi.
TOShKENT, 19 apr - Sputnik. O‘zbekistonda 18-apreldan boshlab karantin qoidalari keskin kuchaytirildi Bu haqida Bosh vazir Abdulla Oripov koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Maxsus komissiyaning yig‘ilishida ma’lum qildi.
Xususan 18-apreldan boshlab quyidagi qoida va cheklovlar joriy etildi:
Bog‘cha, maktab, kolllej va OTMlarda koronavirus kasallik aniqlanganda, ular zudlik bilan 2 haftalik karantinga yopiladi;
Karantin qoidasini buzganlar qat’iy javobgarlikka tortiladi, jarimalar qo‘llaniladi;
Umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rindiqlar 50%ga cheklanadi va ularning soni 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi;
Avtobuslarda o‘rindiqlar soni 50%ga cheklanadi va ularning soni ko‘paytiriladi;
1-maydan boshlab konsert dasturlarini yopiq binolarda o‘tkazish cheklanadi;
Ko‘chma tibbiy brigadalar va dori-darmon zahiralari yaratiladi;
Undan tashqari taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni esa imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holat ochiq havoda o‘tkazish tavsiya etildi.
Bozorlar va yirik savdo majmualarida karantin qodalariga amal qilish qat’iy nazorat ostiga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0