G‘alaba kuni arafasida “O‘zbek xalqi matonati” mavzusida ijodiy tanlov bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPark Pobedi v Tashkente
Park Pobedi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
G‘alabaning 76-yilligi arafasida qator xalqaro anjumanlar, ko‘rik tanlov va ijodiy konkurslar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76-yilligi arafasida O‘zbekiston bo‘ylab maxsus tanlov o‘tkaziladi, deb xabar qildi Mudofaa vazirining madaniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Yusupov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
“Yoshlar o‘rtasida o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.
Ko‘rik-tanlov Badiiy akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, Xalq ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, "Hunarmand" uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi va g‘oliblar 9-may kuni e’lon qilinib, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida taqdirlanadi”, - dedi Yusupov.
Undan tashqari “G‘alaba bog‘i”da 20-apreldan 20-mayiga qadar “Urush noming o‘chsin jahonda!” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Ikkinchi jahon urush jarayonlarini, urush qatnashchilari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videlavhalar, qisqa metrajli filmlar va boshqa materiallardan tungi video-panorama shousi tashkillashtirish ustida ish olib borayapmiz.
Shuningdek, 2021-yil 30-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Anjuman Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi, Tashqi ishlar vazirligi va tegishli idora, tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0