https://oz.sputniknews.uz/20210419/futboldagi-inqilob-evropa-superligasi-haqida-nimalar-malum-18399224.html
Futboldagi inqilob: Yevropa superligasi haqida nimalar ma’lum
Futboldagi inqilob: Yevropa superligasi haqida nimalar ma’lum
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Kecha futbol muxlislari uchun kutilmagan voqea ro‘y berdi. Yangi Yevropa superligasi tuzilgani haqida rasman e’lon qilindi. Bu futbol
2021-04-19T13:49+0500
2021-04-19T13:49+0500
2021-04-19T13:49+0500
sport
futbol
yevropa superligasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/13/18398280_1066:381:4030:2048_1920x0_80_0_0_0c54db40f29aee6710fcd45a940b17e0.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Kecha futbol muxlislari uchun kutilmagan voqea ro‘y berdi. Yangi Yevropa superligasi tuzilgani haqida rasman e’lon qilindi. Bu futbol olamida qizg‘in muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, Superliga xususida nimalar ma’lum va nimalarni bilish zarur? Nima bo‘ldi?Qit’aning 12 ta yirik klubi Superliga tashkil etilishini rasman e’lon qildi. Yangi musobaqa tashkil etishning asosiy sababi, ular o‘z daromadlarini kambag‘al jamoalar va UYeFA bilan bo‘lishishni istashmaydi.UYeFA esa yangi turnirga qo‘shilishga rozilik bildirgan klublarni barcha ichki va xalqaro musobaqalardan chetlatilishi, bundan tashqari ushbu klublarda to‘p surayotgan futbolchilar terma jamoalarda o‘ynay olmasligini bildirdi.Tashabbus kimdan chiqdi?Florentino Peres va Andrea Anyelli. Ikkinchisi nafaqat “Yuventus” prezidenti, balki 246 futbol klubi manfaatlarini himoya qiluvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari hamdir. “Real Madrid” xo‘jayini Florentino Peres yangi turnirning prezidenti bo‘ldi. Uning o‘rinbosarlari - Joel Gleyzer (“Manchester Yunayted”) va Andrea Anyelli.Peresning ishonchi shunchalik kuchli bo‘lganki, hatto Xosep Bartomeu (“Barselona”ning sobiq prezidenti) ham uning ta’siriga tushgan.La Liga prezidenti Xavyer Tebas bu xususda shunday dedi:“Menimcha, Bartomeuni Florentino Peres boshqargan. Ushbu ligani yaratish hamisha “Real” prezidentining orzusi edi. U bu loyiha ustida uzoq vaqt ishlagan, shuning uchun bu yangilik emas. Ilgari “Barselona” La Liga, UYeFA va FIFA bilan ishlashda o‘z fikriga ega edi. Ammo so‘nggi 3-yildan buyon ular “Real”ning harakatlarini takrorlamoqda”.Kimning pullari evaziga?Ma’lum bo‘lishicha, bosh homiy mashhur JP Morgan banki bo‘ladi. Ular ligaga 4,6 milliard funt sarmoya kiritishga shay. Bank o‘z mablag‘larini efirga uzatish huquqlarini sotishdan va kelajakdagi boshqa daromadlardan qaytarishni rejalashtirmoqda.Superligani, shuningdek, startaplar va yosh loyihalarni barpo etadigan Key Capital Partners kompaniyasi ham qo‘llab-quvvatlaydi. KCP yetarli mablag‘ga ega emas. Ular 2007-yildan beri 100 million funt sarmoya kiritgan, xolos. Ammo kompaniya yangi homiylarni jalb qilishi mumkin.!Corriere dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, DAZN televizion huquqlar uchun 3,5 milliard yevro to‘lashga tayyor. Ammo kompaniyaning o‘zi hozircha bu xabarni inkor etmoqda (Reuters).Superligaga asos solgan top-15 ta klub rivojlanish uchun umumiy hisobda 3,1 mlrd funt oladi (har bir jamoa 89 milliondan 310 mln funtgacha). Ular ushbu mablag‘larni o‘z stadionlarini ta’mirlashga, mashg‘ulot bazalariga yoki COVID-19 tufayli chiptalar savdosidan ko‘rilgan zararlarni qoplashga sarflashi mumkin.Shakl qanday bo‘ladi?Ta’sischilar rejasiga ko‘ra, Superliga 20 ta klubdan iborat bo‘ladi. Jamoalar 10 tadan ikkita guruhga bo‘linadi va uy-safar tizimida o‘yinlar o‘tkazadi. Shunda har bir ishtirokchi klub uchun 18 ta o‘yin o‘tkazish kafolatlanadi. Chempionlar ligasining yangi shakdida esa bu ko‘rsatgich 10 tani tashkil etadi. Joriy yilning avgustida boshlash mo‘ljallanmoqda.Uchrashuvlar hafta o‘rtalarida (Chempionlar ligasi o‘rniga) o‘tkaziladi, shu sababli jamoalar o‘z chempionatlarida ham o‘ynashlari mumkin, agar UYeFA ularni bu huquqdan mahrum etmasa, albatta.Guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan 3 tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. 4- va 5-o‘rinlarni egallagan klublar esa keyingi bosqichga chiqish uchun o‘zaro pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Chorak va yarim final bahslari odatdagidek uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Final uchrashuvi esa may oyi oxirlarida neytral maydonda bo‘lib o‘tadi.Tashkilotchilar keyinchalik huddi shu formatda ayollar o‘rtasida ham Superligani o‘tkazishni ko‘zlashmoqda.Kimlar rozilik bildirdi?12 ta klub: “Manchester Yunayted", "Liverpul", "Manchester Siti", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Barselona", "Real", "Atletiko", "Inter", "Milan" va "Yuventus".“Barselona” uchun qarorni sobiq prezident Xosep Bartomeu qabul qilgan. U o‘z lavozimidan ketishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Superligaga qo‘shilish haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi:“Men sizga g‘ayrioddiy yangiliklarni aytib berishim mumkin. Kecha biz klubning kelajakdagi moliyaviy barqarorligini kafolatlaydigan bo‘lajak Yevropa Superligasida ishtirok etish taklifini va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini qabul qildik”.Kimdir rad etdimi?Ha, "Borussiya Dortmund", "Bavariya" va PSJ bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagani aniq. “The Athletic” va “The New York Times” nashrlarining yozishicha, nemis klublari hozirgi tuzilma va qadrdon musobaqadan voz kechishni xohlamagan.Ammo PSJ bilan yanada qiyinroq. Birinchidan, parijliklar bunday musobaqada faqat boy jamoalar ishtirok etmasligi kerak deb hisoblashadi. Ikkinchidan, PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi UYeFA direktorlar kengashida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari u “beIN Media Group”ni boshqaradi. Qatar telekompaniyasi Chempionlar ligasi uchrashuvlarini efirga uzatish uchun UYeFAga millionlab pul to‘lagan.Nega aynan hozir?Dastlab Chempionlar ligasining yangi formati mart oxirida taqdim etilishi kerak edi, ammo kerakli sanaga qadar UYeFA Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) bilan kelishuvga erisha olmadi.Yevropa klublar assotsiatsiyasi UYeFAning klub musobaqalari qo‘mitasi bilan bo‘ladigan yig‘ilishdan bir kun oldin ular hali ham o‘zaro kelishuvga erisha olishmaganini ma’lum qildi. Gap shundaki, top-klublar ko‘proq kuchga ega bo‘lishni, shuningdek, tijorat va efirga uzatish huquqlarini sotishda faol ishtirok etishni xohlaydi.UYeFA va ligalar nima deydi?UYeFA, Ispaniya, Angliya, Italiya federatsiyalari qo‘shma bayonot berdi - inqilobchilarni ko‘ngilsizliklar kutmoqda. Bayonotda Yevropa Superligasi loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan nemis va fransuz klublarga minnatdorchilik ham bildirilgan.Rossiya premyer ligasi ham yangi klub turniri tashkil etilishiga qarshi chiqdi.FIFA ham o‘z navbatida Yevropa futbol superligasi tashkil etilishini ma’qullamasligini bildirdi, zero musobaqa xalqaro futbol chegarasidan tashqariga chiqadi.“Sky Sport Italia” tarqatgan xabarga ko‘ra, UYeFA Superligada ishtirok etadigan har bir klub va har bir futbolchini o‘z musobaqasidan chetlatmoqchi. Bundan tashqari, UYeFA ushbu klublarga nisbatan 50-60 milliard yevro miqdorida da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.Manba.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/13/18398280_1546:381:3769:2048_1920x0_80_0_0_ac212b628505eae4bbea8876e9025b32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, futbol, yevropa superligasi
sport, futbol, yevropa superligasi
Futboldagi inqilob: Yevropa superligasi haqida nimalar ma’lum
Yevropa superligasi tashkil etilishi nafaqat Yevropa, balki butun dunyo futboli uchun olamshumul voqea bo‘ldi. Uning atrofidagi bahs-munozaralar tinmayapti.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Kecha futbol muxlislari uchun kutilmagan voqea ro‘y berdi. Yangi Yevropa superligasi tuzilgani haqida rasman
e’lon qilindi. Bu futbol olamida qizg‘in muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, Superliga xususida nimalar ma’lum va nimalarni bilish zarur?
Qit’aning 12 ta yirik klubi Superliga tashkil etilishini rasman e’lon qildi. Yangi musobaqa tashkil etishning asosiy sababi, ular o‘z daromadlarini kambag‘al jamoalar va UYeFA bilan bo‘lishishni istashmaydi.
UYeFA esa yangi turnirga qo‘shilishga rozilik bildirgan klublarni barcha ichki va xalqaro musobaqalardan chetlatilishi, bundan tashqari ushbu klublarda to‘p surayotgan futbolchilar terma jamoalarda o‘ynay olmasligini bildirdi.
Florentino Peres va Andrea Anyelli. Ikkinchisi nafaqat “Yuventus” prezidenti, balki 246 futbol klubi manfaatlarini himoya qiluvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari hamdir. “Real Madrid” xo‘jayini Florentino Peres yangi turnirning prezidenti bo‘ldi. Uning o‘rinbosarlari - Joel Gleyzer (“Manchester Yunayted”) va Andrea Anyelli.
Peresning ishonchi shunchalik kuchli bo‘lganki, hatto Xosep Bartomeu (“Barselona”ning sobiq prezidenti) ham uning ta’siriga tushgan.
La Liga prezidenti Xavyer Tebas bu xususda shunday dedi:
“Menimcha, Bartomeuni Florentino Peres boshqargan. Ushbu ligani yaratish hamisha “Real” prezidentining orzusi edi. U bu loyiha ustida uzoq vaqt ishlagan, shuning uchun bu yangilik emas. Ilgari “Barselona” La Liga, UYeFA va FIFA bilan ishlashda o‘z fikriga ega edi. Ammo so‘nggi 3-yildan buyon ular “Real”ning harakatlarini takrorlamoqda”.
Ma’lum bo‘lishicha, bosh homiy mashhur JP Morgan banki bo‘ladi. Ular ligaga 4,6 milliard funt sarmoya kiritishga shay. Bank o‘z mablag‘larini efirga uzatish huquqlarini sotishdan va kelajakdagi boshqa daromadlardan qaytarishni rejalashtirmoqda.
Superligani, shuningdek, startaplar va yosh loyihalarni barpo etadigan Key Capital Partners kompaniyasi ham qo‘llab-quvvatlaydi. KCP yetarli mablag‘ga ega emas. Ular 2007-yildan beri 100 million funt sarmoya kiritgan, xolos. Ammo kompaniya yangi homiylarni jalb qilishi mumkin.
!Corriere dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, DAZN televizion huquqlar uchun 3,5 milliard yevro to‘lashga tayyor. Ammo kompaniyaning o‘zi hozircha bu xabarni inkor etmoqda (Reuters).
Superligaga asos solgan top-15 ta klub rivojlanish uchun umumiy hisobda 3,1 mlrd funt oladi (har bir jamoa 89 milliondan 310 mln funtgacha). Ular ushbu mablag‘larni o‘z stadionlarini ta’mirlashga, mashg‘ulot bazalariga yoki COVID-19 tufayli chiptalar savdosidan ko‘rilgan zararlarni qoplashga sarflashi mumkin.
Ta’sischilar rejasiga ko‘ra, Superliga 20 ta klubdan iborat bo‘ladi. Jamoalar 10 tadan ikkita guruhga bo‘linadi va uy-safar tizimida o‘yinlar o‘tkazadi. Shunda har bir ishtirokchi klub uchun 18 ta o‘yin o‘tkazish kafolatlanadi. Chempionlar ligasining yangi shakdida esa bu ko‘rsatgich 10 tani tashkil etadi. Joriy yilning avgustida boshlash mo‘ljallanmoqda.
Uchrashuvlar hafta o‘rtalarida (Chempionlar ligasi o‘rniga) o‘tkaziladi, shu sababli jamoalar o‘z chempionatlarida ham o‘ynashlari mumkin, agar UYeFA ularni bu huquqdan mahrum etmasa, albatta.
Guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan 3 tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. 4- va 5-o‘rinlarni egallagan klublar esa keyingi bosqichga chiqish uchun o‘zaro pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Chorak va yarim final bahslari odatdagidek uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Final uchrashuvi esa may oyi oxirlarida neytral maydonda bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar keyinchalik huddi shu formatda ayollar o‘rtasida ham Superligani o‘tkazishni ko‘zlashmoqda.
12 ta klub: “Manchester Yunayted", "Liverpul", "Manchester Siti", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Barselona", "Real", "Atletiko", "Inter", "Milan" va "Yuventus".
“Barselona” uchun qarorni sobiq prezident Xosep Bartomeu qabul qilgan. U o‘z lavozimidan ketishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Superligaga qo‘shilish haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi:
“Men sizga g‘ayrioddiy yangiliklarni aytib berishim mumkin. Kecha biz klubning kelajakdagi moliyaviy barqarorligini kafolatlaydigan bo‘lajak Yevropa Superligasida ishtirok etish taklifini va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini qabul qildik”.
Ha, "Borussiya Dortmund", "Bavariya" va PSJ bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagani aniq. “The Athletic” va “The New York Times” nashrlarining yozishicha, nemis klublari hozirgi tuzilma va qadrdon musobaqadan voz kechishni xohlamagan.
Ammo PSJ bilan yanada qiyinroq. Birinchidan, parijliklar bunday musobaqada faqat boy jamoalar ishtirok etmasligi kerak deb hisoblashadi. Ikkinchidan, PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi UYeFA direktorlar kengashida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari u “beIN Media Group”ni boshqaradi. Qatar telekompaniyasi Chempionlar ligasi uchrashuvlarini efirga uzatish uchun UYeFAga millionlab pul to‘lagan.
Dastlab Chempionlar ligasining yangi formati mart oxirida taqdim etilishi kerak edi, ammo kerakli sanaga qadar UYeFA Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) bilan kelishuvga erisha olmadi.
Yevropa klublar assotsiatsiyasi UYeFAning klub musobaqalari qo‘mitasi bilan bo‘ladigan yig‘ilishdan bir kun oldin ular hali ham o‘zaro kelishuvga erisha olishmaganini ma’lum qildi. Gap shundaki, top-klublar ko‘proq kuchga ega bo‘lishni, shuningdek, tijorat va efirga uzatish huquqlarini sotishda faol ishtirok etishni xohlaydi.
UYeFA va ligalar nima deydi?
UYeFA, Ispaniya, Angliya, Italiya federatsiyalari qo‘shma bayonot berdi - inqilobchilarni ko‘ngilsizliklar kutmoqda. Bayonotda Yevropa Superligasi loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan nemis va fransuz klublarga minnatdorchilik ham bildirilgan.
Rossiya premyer ligasi ham yangi klub turniri tashkil etilishiga
qarshi chiqdi.FIFA ham o‘z navbatida Yevropa futbol superligasi tashkil etilishini ma’qullamasligini bildirdi, zero musobaqa xalqaro futbol chegarasidan tashqariga chiqadi.
“Sky Sport Italia” tarqatgan xabarga ko‘ra, UYeFA Superligada ishtirok etadigan har bir klub va har bir futbolchini o‘z musobaqasidan chetlatmoqchi. Bundan tashqari, UYeFA ushbu klublarga nisbatan 50-60 milliard yevro miqdorida da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.