https://oz.sputniknews.uz/20210416/qorgoshin-zahari-qirgizistonda-18377402.html
“Qo‘rg‘oshinli zahar”: Qirg‘izistonda COVID bemorlari damlama bilan davolanmoqda
“Qo‘rg‘oshinli zahar”: Qirg‘izistonda COVID bemorlari damlama bilan davolanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolandi. 16.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-16T18:37+0500
2021-04-16T18:37+0500
2021-04-16T19:24+0500
dunyoda
qirg‘iziston
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18370587_19:0:981:541_1920x0_80_0_0_5b7e7bf6c7a57f15cf4b34f815c7f41d.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar Issiqko‘l ildizidan tayyorlanadigan damlama bilan davolanmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev bayonot berdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi. Vazir o‘z qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.Ta’kidlashicha, damlama barcha shifoxonalarda bemorlarga beriladi. Issiqko‘l ildizidan foydalanish - shifokorlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, ular bu o‘simlik juda zaharli ekanligini ogohlantirmoqda.Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolandi. Bundan avval Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Instagram sahifasida dastlabki bosqichda shifokorlar bir-ikki kun davomida koronavirusni davolash usulini topgani haqida post qo‘yildi. Damlanmani shisha idishlarga quyilishi aks etgan video ilova qilingan. Idishda - "Issiqko‘l ildizi" va "zaharli qo‘rg‘oshin" yozuvi.Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18370587_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_cde3790625a264e40c4e1ed4bd39a677.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, qirg‘iziston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
“Qo‘rg‘oshinli zahar”: Qirg‘izistonda COVID bemorlari damlama bilan davolanmoqda
18:37 16.04.2021 (yangilandi: 19:24 16.04.2021) Qirg‘izistonda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolandi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar Issiqko‘l ildizidan tayyorlanadigan damlama bilan davolanmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev bayonot berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi. Vazir o‘z qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.
Ta’kidlashicha, damlama barcha shifoxonalarda bemorlarga beriladi.
Issiqko‘l ildizidan foydalanish - shifokorlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, ular bu o‘simlik juda zaharli ekanligini ogohlantirmoqda.
Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolandi.
Bundan avval Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Instagram sahifasida dastlabki bosqichda shifokorlar bir-ikki kun davomida koronavirusni davolash usulini topgani haqida post qo‘yildi. Damlanmani shisha idishlarga quyilishi aks etgan video ilova qilingan. Idishda - "Issiqko‘l ildizi" va "zaharli qo‘rg‘oshin" yozuvi.
Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.