YeI - Markaziy Osiyo dialogiga Afg‘oniston ham qo‘shildi

© SputnikFlag Afganistana
Flag Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo dialogida Afg‘onistonga pandemiyaning og‘ir sharoitida xalqaro yordamning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ishtirokidagi onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda TIV axborot xizmati.
15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham qatnashdi.
YeI vakillari Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyodagi xavfsizlik konsepsiyasi qo‘shni Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi bo‘lib qolishi haqidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surgan fikrlarini alohida ta’kidladilar.
Konferensiya ishtirokchilari mintaqaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo dialogiga Afg‘onistonning qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashdi.
Videokonferensiya davomida Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiyaga faol jalb qilish, ushbu mamlakatni iqtisodiy tiklash va turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, pandemiyaning og‘ir sharoitida Afg‘onistonga xalqaro yordamning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham atroflicha fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0