https://oz.sputniknews.uz/20210414/rozador-odam-emlanishi-mumkinmi--shifokor-javobi---18326811.html
Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi
Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 14 apr- Sputnik. Ro‘zador odamda odatda qisman ruhiy va jismoniy toliqish bo‘ladi. Shunday holatda ham vaksina qabul qilish mumkinmi, degan savolga
2021-04-14T15:28+0500
2021-04-14T15:28+0500
2021-04-14T15:28+0500
jamiyat
emlash
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18326921_31:0:1226:672_1920x0_80_0_0_a6991e5b7a1bb71844732ad1a33aabd0.jpg
TOShKENT, 14 apr- Sputnik. Ro‘zador odamda odatda qisman ruhiy va jismoniy toliqish bo‘ladi. Shunday holatda ham vaksina qabul qilish mumkinmi, degan savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi. Birinchi navbatda, o‘z salomatligiga ziyon yetkazmaydigan darajada ro‘za tutishni tavsiya etamiz. Kimlar emlanishi mumkinKimlarga emlanish tavsiya etilmaydi Shuningdek, Sevara Ubaydullayeva Gripp va shamollash kasalligiga chalingan bemorlar ham kasallikning og‘ir davrida emlash mumkin emasligini va ularni kasallikdan 2 hafta o‘tib emlash mumkinligini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18326921_180:0:1076:672_1920x0_80_0_0_dd8c6f5e7733e4557b2f2ffdcd026e57.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, emlash, vaksina
Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi
Shifokor qanday holatlarda ro‘za tutayotgan odamlarga emlash tavsiya etilmasligini batafsil tushuntirib berdi.
TOShKENT, 14 apr- Sputnik. Ro‘zador odamda odatda qisman ruhiy va jismoniy toliqish bo‘ladi. Shunday holatda ham vaksina qabul qilish mumkinmi, degan savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva
javob berdi.
Birinchi navbatda, o‘z salomatligiga ziyon yetkazmaydigan darajada ro‘za tutishni tavsiya etamiz.
Ro‘zani belgilangan amalga muvofiq tutib, o‘z sog‘ligini ehtiyot qilgan holda tutgan fuqarolar emlanishi mumkin;
Ro‘za tutayotgan inson organizmida biror surunkali kasallik bo‘lsa va ushbu kasallik avj olmagan davri bo‘lsa – emlash tavsiya qilinadi;
Ro‘zador insonning sog‘ligi but bo‘lsa, surunkali kasalliklari bo‘lmasa va o‘rta yoshda bo‘lsa – ular ham emlanishi mumkin.
Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi
Surunkaoli kasalliklari bor yoki ro‘za tutish jarayonida organizmda surunkali holsizlik va ozuqa yetishmasligi kuzatilayotgan bo‘lsa - shifokor ularning holatini o‘rganib chiqib, organizmida biror o‘zgarish aniqlasa – vaqtincha emlash tavsiya qilinmaydi;
Sog‘lom inson organizmida ham biror o‘zgarish kechayotgani aniqlansa - emlash tavsiya etilmaydi;
Shuningdek, Sevara Ubaydullayeva Gripp va shamollash kasalligiga chalingan bemorlar ham kasallikning og‘ir davrida emlash mumkin emasligini va ularni kasallikdan 2 hafta o‘tib emlash mumkinligini ma’lum qildi.