Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi yuzasidan jinoiy ish ochildi

Kulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatida o‘quvchiga 2 baho qo‘ygan ingliz tili o‘qituvchisi kaltaklangan edi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisining kaltaklangani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Jinoyat ishi 13-aprel kuni O‘zbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik ) bilan ochilgan.
Aniqlanishicha, Umakay qishlog‘ida yashovchi fuqarolar O.J, O.N va X.B. 6-aprel kuni maktabga kelishgan. Keyin go‘yoki ukasi, shu maktabdagi 6-“A” sinf o‘quvchisi O.M.ga asossiz qoniqarsiz ikki baho qo‘yilganini bahona qilib, hech bir sababsiz o‘qituvchining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urishgan.
Bolnitsa, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2020
Jizzaxning Zomin tumanida tez yordam shifokori kaltaklandi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Shu o‘rinda bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchilarning nufuzi va maqomini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga bu kabi noqonuniy aralashuvlar albatta jazosiz qolmasligini eslatib o‘tamiz”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Yangiliklar lentasi
0