Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi vazifalarini bajarishga kirishdi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov (sleva) i Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossii v RUz Oleg Malginov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov (sleva) i Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossii v RUz Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
Mart oyida Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Kamilov Rossiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va O‘zbekistondagi faoliyat boshlanishi bilan tabrikladi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev 17-marta prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo Posla Rossiyskoy Federatsii Vladimira Turdeneva v svazi s zaversheniyem yego diplomaticheskoy missii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Turdenevni faxriy yorliq bilan mukofotladi
Ta’kidlanishicha, oliy va yuqori darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, Oleg Malginov mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0