https://oz.sputniknews.uz/20210412/ozbekiston-media-vakillari-turkiy-kengash-davlatlari-yigilishida-ishtirok-etdi--18271794.html
O‘zbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yig‘ilishida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida
2021-04-12T09:54+0500
2021-04-12T09:54+0500
2021-04-12T09:57+0500
dunyoda
ozarbayjon
oav
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18271911_0:31:1280:751_1920x0_80_0_0_4fb8538da21098a95cf3855f6d23215a.jpg
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig‘ilishda ishtirok etdi. Yig‘ilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish, xususan, Kengashga a’zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar, o‘quv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda, - deyilgan xabarda.Shuningdek, tashrif doirasida, Asadjon Xodjayev Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxonachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda jahon tajribasini joriy etish kabi muhim masalalarda fikr almashildi.Undan tashqari, shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Prezident Administratsiyasi Tashqi siyosat bo‘limi mudiri Xikmat Gadjiyev bilan ham uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani ta’kidlandi. AOKA rahbari, shuningdek, Ozarbayjon televidenie va radioeshitirishlari” YoAJ raisi Rovshan Mamedov bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida tele-radio sohasidagi zamonaviy, ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish, ikki mamlakat jurnalistlarining o‘zaro tajriba almashishi bo‘yicha takliflar bildirildi.Tashrif doirasida Asadjon Xodjayev Turkiy Kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyev bilan ham uchrashdi va O‘zbekiston hamda Kengashga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkil etilayotgan bu kabi yig‘ilishlar axborot sohasida yangi muvoffqiyatlarga zamin bo‘lishi ta’kidlandi.Tashrifning uchinchi kunida Asadjon Xodjayev Tog‘li Qorabog‘da bo‘ldi. AOKA rahbari O‘zbekiston ushbu hududda ro‘y bergan noxush hodisalar tufayli buzilgan ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210401/ozbekiston-togli-qorabogdagi-kohna-obidalarni-tiklashda-yordam-berishga-tayyorligini-bildirdi-18089902.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18271911_120:0:1161:781_1920x0_80_0_0_5400aa62ccb4df4092c197f9bd4d2818.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ozarbayjon, oav
O‘zbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yig‘ilishida ishtirok etdi
09:54 12.04.2021 (yangilandi: 09:57 12.04.2021) Turkiy Kengash davlatlari hamkorligi doirasida O‘zbekiston delagatsiyasi media sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig‘ilishda
ishtirok etdi.
Yig‘ilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish, xususan, Kengashga a’zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar, o‘quv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, tashrif doirasida, Asadjon Xodjayev Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxonachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda jahon tajribasini joriy etish kabi muhim masalalarda fikr almashildi.
Undan tashqari, shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Prezident Administratsiyasi Tashqi siyosat bo‘limi mudiri Xikmat Gadjiyev bilan ham uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani ta’kidlandi.
AOKA rahbari, shuningdek, Ozarbayjon televidenie va radioeshitirishlari” YoAJ raisi Rovshan Mamedov bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida tele-radio sohasidagi zamonaviy, ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish, ikki mamlakat jurnalistlarining o‘zaro tajriba almashishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tashrif doirasida Asadjon Xodjayev Turkiy Kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyev bilan ham uchrashdi va O‘zbekiston hamda Kengashga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkil etilayotgan bu kabi yig‘ilishlar axborot sohasida yangi muvoffqiyatlarga zamin bo‘lishi ta’kidlandi.
Tashrifning uchinchi kunida Asadjon Xodjayev Tog‘li Qorabog‘da bo‘ldi. AOKA rahbari O‘zbekiston ushbu hududda ro‘y bergan noxush hodisalar tufayli buzilgan ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.