Surxondaryoda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi: ish yuzasidan jinoiy ish ochildi

CC0 / pixabay / Marcello MigliosiDevushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto
Devushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Obuna bo‘lish
Ish yuzasidan JKning nomusga tegish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Surxondaryoda o‘quvchi qiz zo‘rlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda o‘quvchi qiz zo‘rlangani va zo‘ravonga nisbatan 14 oydan beri hech qanday chora ko‘rilmayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan edi.
Rasmiylar holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.
Hozirda Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Senat termizlik zo‘rlangan o‘quvchi qiz ishini nazoratga oldi
Ish doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu ish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0