https://oz.sputniknews.uz/20210411/qirgizistonda-referendum-va-mahalliy-saylovlar-bolib-otmoqda---18263462.html
Qirg‘izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Qirg‘izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.
2021-04-11T11:00+0500
2021-04-11T11:00+0500
2021-04-11T11:00+0500
dunyoda
qirg‘iziston
saylovlar
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0b/18263371_0:0:1300:731_1920x0_80_0_0_504cc99c05fc84bc3b0d0b43f2503442.jpg
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.Sputnik Qirg‘iziston nashriga xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi. Referendum ishtirokchilari ro‘yxatida 3,6 million kishi qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda 420ta shahar va qishloq kengashlaridagi 7560 o‘ringa 18772 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Konstitutsiyaning yangi tahriri bilan mamlakatda boshqaruvning prezident shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi (Xalq majlisi) instituti kiritish taklif qilinmoqda. Shuningdek, prezident va hukumat institutlarini qayta shakllantirish rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasini shakllantirish va ishiga prezident mas’ul bo‘ladi, Vazirlar mahkamasiga esa prezident ma’muriyati boshlig‘i rahbarlik qiladi. Hujjat bilan parlament deputatlarining sonini 120 nafardan 90 nafargacha qisqartirish taklif qilinmoqda. Aslida, taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezident boshqaruvidan prezident boshqaruvi shakliga qaytishni anglatadi - 10-yanvardagi referendumda uni yoqlab mamlakat fuqarolarining 80 foizi ovoz bergandi. Referendumda saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etsa, bo‘lib o‘tgan deb tan olinadi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0b/18263371_40:0:1261:916_1920x0_80_0_0_ac8de42527ec8fe3cc417513b3726177.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, saylovlar, referendum
dunyoda, qirg‘iziston, saylovlar, referendum
Qirg‘izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik Qirg‘iziston nashriga xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.
Sputnik Qirg‘iziston nashriga
xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi. Referendum ishtirokchilari ro‘yxatida 3,6 million kishi qayd etilgan.
Mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda 420ta shahar va qishloq kengashlaridagi 7560 o‘ringa 18772 nomzod da’vogarlik qilmoqda.
Konstitutsiyaning yangi tahriri bilan mamlakatda boshqaruvning prezident shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi (Xalq majlisi) instituti kiritish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, prezident va hukumat institutlarini qayta shakllantirish rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasini shakllantirish va ishiga prezident mas’ul bo‘ladi, Vazirlar mahkamasiga esa prezident ma’muriyati boshlig‘i rahbarlik qiladi. Hujjat bilan parlament deputatlarining sonini 120 nafardan 90 nafargacha qisqartirish taklif qilinmoqda.
Aslida, taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezident boshqaruvidan prezident boshqaruvi shakliga qaytishni anglatadi - 10-yanvardagi referendumda uni yoqlab mamlakat fuqarolarining 80 foizi ovoz bergandi. Referendumda saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etsa, bo‘lib o‘tgan deb tan olinadi.