https://oz.sputniknews.uz/20210410/toshkentda-shar-sotuvchi-joy-talashib-oz-raqibini-pichoqladi--18258426.html
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, o‘z raqibini pichoqladi
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, o‘z raqibini pichoqladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda shar sotuvchilar o‘rtasida joy uchun yuz bergan janjal oqibati ayanchli yakun topdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi
2021-04-10T14:43+0500
2021-04-10T14:43+0500
2021-04-10T14:43+0500
jamiyat
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/101/14/1011403_0:169:3041:1880_1920x0_80_0_0_1839647b7a83022ca7cb94a61d207f3b.jpg
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda shar sotuvchilar o‘rtasida joy uchun yuz bergan janjal oqibati ayanchli yakun topdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.Hodisa 5-aprel kuni yarim tunga yaqin sodir bo‘lgan.Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shahobchasi yonida 22 yoshli Doston Q. va Alisher A. O‘rtasida o‘zaro janjal ro‘y bergan.Natijada Doston Alisherni yonidagi pichoq bilan jarohatlagan. Alisher olgan jarohatlari tufayli ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Doston Q.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210329/navoiyda-aka-uka-oqrayib-qaragan-haydovchini-bir-necha-marta-pichoqladi-18004870.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/101/14/1011403_155:0:2886:2048_1920x0_80_0_0_cc3c3a60baceaaf2b7dcff04b27ea3e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hodisalar
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, o‘z raqibini pichoqladi
Jabrdiyda olgan jarohatlari tufayli ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda shar sotuvchilar o‘rtasida joy uchun yuz bergan janjal oqibati ayanchli yakun topdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.
Hodisa 5-aprel kuni yarim tunga yaqin sodir bo‘lgan.
Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shahobchasi yonida 22 yoshli Doston Q. va Alisher A. O‘rtasida o‘zaro janjal ro‘y bergan.
Natijada Doston Alisherni yonidagi pichoq bilan jarohatlagan. Alisher olgan jarohatlari tufayli ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Doston Q.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.