https://oz.sputniknews.uz/20210410/afgoniston-ilk-bor-ei---markaziy-osiyo-muloqotida-ishtirok-etadi-18257864.html
Afg‘oniston ilk bor "YeI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi
Afg‘oniston ilk bor "YeI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 10apr - Sputnik. Afg‘oniston vakillari birinchi marta 27-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosiy va
2021-04-10T13:53+0500
2021-04-10T13:53+0500
2021-04-10T13:53+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16062154_0:124:2406:1477_1920x0_80_0_0_ce23f0569add41c0587f8f51057180d3.jpg
TOShKENT, 10apr - Sputnik. Afg‘oniston vakillari birinchi marta 27-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi raundida qatnashadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.Tadbirda Yevropa tashqi munosabatlar xizmati bosh kotibi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.Anjuman kun tartibidan koronavirus pandemiyasi sharoitida hamkorlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mintaqaviy integratsiyani yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan. Ishtirokchilarning alohida e’tibori tomonlarni qiziqtiradigan xalqaro masalalar, shuningdek, xavfsizlikka umumiy tahdidlar, xususan, zo‘ravonlik ekstremizmi, terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi turishdagi mintaqalararo hamkorlik va boshqa masalalar muhokamasiga qaratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16062154_137:0:2270:1600_1920x0_80_0_0_b5b39cf76b959d4093b8485cc485051c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Afg‘oniston ilk bor "YeI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi
Anjuman kun tartibidan koronavirus pandemiyasi sharoitida hamkorlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mintaqaviy integratsiyani yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.
TOShKENT, 10apr - Sputnik. Afg‘oniston vakillari birinchi marta 27-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi raundida qatnashadi, deb xabar bermoqda
"Dunyo" AA.
Tadbirda Yevropa tashqi munosabatlar xizmati bosh kotibi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Anjuman kun tartibidan koronavirus pandemiyasi sharoitida hamkorlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mintaqaviy integratsiyani yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.
Ishtirokchilarning alohida e’tibori tomonlarni qiziqtiradigan xalqaro masalalar, shuningdek, xavfsizlikka umumiy tahdidlar, xususan, zo‘ravonlik ekstremizmi, terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi turishdagi mintaqalararo hamkorlik va boshqa masalalar muhokamasiga qaratiladi.