O‘zbekistonda koronavirus: kunlik antirekord yana yangilandi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishFeldsher nadevayet zashitniy kostum
Feldsher nadevayet zashitniy kostum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yil boshidan beri ilk marta 207 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84 529 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 207 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84 529 nafarni tashkil qilmoqda.
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 84 ming nafarga yaqinlashmoqda
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2 nafar), Andijon viloyatida (1), Buxoro viloyatida (3), Navoiy viloyatida (1), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (18), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (3), Farg‘ona viloyatida (2), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (29), Toshkent shahrida (139).

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 82 415 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 1480 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Emlash ko‘rsatkichi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 83 076 nafarga yetdi.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 634 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 133,8 milliondan oshdi, 2,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (31,0 mln), Braziliyada (13,3 mln), Hindistonda (12,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0