https://oz.sputniknews.uz/20210409/ozbekiston-mahsulotlariga-18247868.html
O‘zbekiston mahsulotlariga YeIning imtiyozlar bosh tizimi qo‘llaniladi - Umurzakov
O‘zbekiston mahsulotlariga YeIning imtiyozlar bosh tizimi qo‘llaniladi - Umurzakov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomi berildi, 10-aprel sanasidan amal qilishni boshlaydi. 09.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-09T16:41+0500
2021-04-09T16:41+0500
2021-04-09T17:53+0500
iqtisod
o‘zbekiston
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/09/18247584_0:123:1280:843_1920x0_80_0_0_47df8d34f63101107c0c585198a94c6c.jpg
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Ayni vaqtda Toshkentda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi preferensiyalar bosh tizimi plyus “GSP+” benefitsiari. Ochilayotgan istiqbollar va yangi imkoniyatlar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bugun Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilingani e’lon qildi.“Hujjat ertaga 10-apreldan boshlab kuchga kiradi hamda O‘zbekiston mahsulotlariga nisbatan “GSP+” imtiyozlari qo‘llanilishi boshlanadi. O‘zbekiston “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomida imtiyozlar taqdim etilgan dunyodagi 9-chi mamlakat bo‘ldi”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.Hozirda Armaniston‚ Boliviya‚ Kabo-Verde‚ Mo‘g‘iliston‚ Qirg‘iziston, Pokiston‚ Filippin va Shri-Lanka mamlakatlari mazkur imtiyozlardan foydalanmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oktabrda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirish konsepsiyasini imzolagandi:- 2019-2021 yillarda YeOII va boshqa qator davlatlar bilan erkin savdo bitimlarini imzolash orqali tashqi savdoni kengaytirish;- 2022-2025 yillar davomida mamlakatning EOII va JSTga kirish masalasini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.2019 yil yozida mamlakat hukumati JSTga O‘zbekistonning ushbu tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.O‘zbekiston 2020-yilning dekabr oyida YeOII qoshida kuzatuvchi-maqomiga ega bo‘ldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi. O‘tgan 4-yil mobaynida O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 75 foizga o‘sdi. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210406/eoii-2025-yilgacha-strategiya-18188461.html
https://oz.sputniknews.uz/20210408/putin-limuzini-ajdar-traktor-va-mojizaviy-teleskop-innopromdagi--noyob-eksponatlar-18215881.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/09/18247584_49:33:1276:953_1920x0_80_0_0_b02018627f75d444f65c16b6fca8db1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, yevropa ittifoqi
iqtisod, o‘zbekiston, yevropa ittifoqi
O‘zbekiston mahsulotlariga YeIning imtiyozlar bosh tizimi qo‘llaniladi - Umurzakov
16:41 09.04.2021 (yangilandi: 17:53 09.04.2021) O‘zbekistonga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomi berildi, 10-aprel sanasidan amal qilishni boshlaydi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ayni vaqtda Toshkentda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi preferensiyalar bosh tizimi plyus “GSP+” benefitsiari. Ochilayotgan istiqbollar va yangi imkoniyatlar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bugun Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasiga “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini berish yuzasidan tegishli normativ hujjati qabul qilingani e’lon qildi.
“Hujjat ertaga 10-apreldan boshlab kuchga kiradi hamda O‘zbekiston mahsulotlariga nisbatan “GSP+” imtiyozlari qo‘llanilishi boshlanadi. O‘zbekiston “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomida imtiyozlar taqdim etilgan dunyodagi 9-chi mamlakat bo‘ldi”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Hozirda Armaniston‚ Boliviya‚ Kabo-Verde‚ Mo‘g‘iliston‚ Qirg‘iziston, Pokiston‚ Filippin va Shri-Lanka mamlakatlari mazkur imtiyozlardan foydalanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oktabrda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirish konsepsiyasini imzolagandi:
- 2019-2021 yillarda YeOII va boshqa qator davlatlar bilan erkin savdo bitimlarini imzolash orqali tashqi savdoni kengaytirish;
- 2022-2025 yillar davomida mamlakatning EOII va JSTga kirish masalasini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
2019 yil yozida mamlakat hukumati JSTga O‘zbekistonning ushbu tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.
O‘zbekiston 2020-yilning dekabr oyida YeOII qoshida
kuzatuvchi-maqomiga ega bo‘ldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi. O‘tgan 4-yil mobaynida O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 75 foizga o‘sdi. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi.