https://oz.sputniknews.uz/20210409/eron-bilan-iqtisodiy-va-siyosiy-hamkorlik-ildam-rivojlanmoqda---asadov--18240805.html
Eron bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik ildam rivojlanmoqda - Asadov
Eron bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik ildam rivojlanmoqda - Asadov
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Eron orasida savdo aloqalari ildam rivojlanmoqda. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
2021-04-09T12:17+0500
2021-04-09T12:17+0500
2021-04-18T19:40+0500
siyosat
hamkorlik
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18159133_145:224:855:623_1920x0_80_0_0_67e289c714c248267fdae2ddf6788d28.jpg
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Eron orasida savdo aloqalari ildam rivojlanmoqda. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi. Iqtisodiy hamkorlik asosan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika kabi sohalarda rivojlangan. Yangi investitsiya loyihalari qiymati 61 million dollarni tashkil qilgan. Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida iqtisodiy masalalardan tashqari xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash maslalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olingan edi.Shuningdek, Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishini tasdiqlagan.Ma’lumot uchun, Eron – O‘zbekistonning an’anaviy va ishonchli sherigi. So‘nggi yillar yillar davomida ikki davlat orasida iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib kelmoqda. 2019-yildan boshlab Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishga soddalashtirilgan viza tizimi joriy etilgan.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18159133_363:198:930:623_1920x0_80_0_0_31937aa01c0bd48016dffab03cfc2fc7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, hamkorlik, eron
Eron bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik ildam rivojlanmoqda - Asadov
12:17 09.04.2021 (yangilandi: 19:40 18.04.2021) Eron bilan xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash maslalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Eron orasida savdo aloqalari ildam rivojlanmoqda. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Xususan, 2020-yilda O‘zbekiston va Eron orasida savdo aylanmasi 250 million dollarni tashkil etgani va qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ortgani qayd etilgan.
Iqtisodiy hamkorlik asosan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika kabi sohalarda rivojlangan. Yangi investitsiya loyihalari qiymati 61 million dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida iqtisodiy masalalardan tashqari xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash maslalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olingan edi.
Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida ilk maslahatlashuv mexanizmi o‘rnatildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Eron – O‘zbekistonning an’anaviy va ishonchli sherigi. So‘nggi yillar yillar davomida ikki davlat orasida iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib kelmoqda. 2019-yildan boshlab Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishga soddalashtirilgan viza tizimi joriy etilgan.