Emomali Rahmon Vorux anklavi haqida rezonansli bayonot berdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Isfara shahrining Vorux anklaviga keldi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Bugun Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Isfara shahrining Vorux anklaviga keldi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tashrif davomida "Shirin" madaniy-ko‘ngilochar va sport majmuasini ochildi va Tojikistonning 50 metrlik bayrog‘i ham ko‘tarildi.
U yerda prezident mahalliy aholi bilan muloqot qildi va anklav maqomi xususida to‘xtaldi.

"Vorux anklavi hech qachon almashilmaydi, u Tojikiston tarkibida qoladi. Men sizlarni qirg‘iz qo‘shnilar bilan do‘stona yashashga chaqiraman"

Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vorux va butun Isfara viloyati aholisi uchun qirg‘iz-tojik chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalasi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yo‘q – Tashiyev
"Tojikiston hukumati qirg‘iz tomoni bilan doimiy ravishda muzokaralar olib bormoqda. 2002-yildan beri chegara masalalari bo‘yicha 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazildi. 19-yil davomida 520 kilometr kelishildi. Voruxni boshqa hudud bilan almashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin emas”, - dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, qo‘shnilar bilan munosabatlar bag‘rikenglik va milliy manfaatlarni o‘zaro hurmat qilishga asoslangan bo‘lishi kerak va kelishmovchiliklar "tasdiqlangan qonunchilik bazasi asosida" hal qilinishi kerak.
Avvalroq, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi, chegara masalalari bo‘yicha hukumat delegatsiyasi rahbari Kamchibek Tashiyev matbuot anjumanida Qirg‘iziston Tojikistonga Vorux anklavini Batken viloyatidagi analog hudud 12 ming gektar maydon bilan almashtirishni taklif qilganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0