Siyosat

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga yangi rais tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennыe prinadlejnosti
Pismennыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoʻmita raisi Ahmedov Abdugʻofur boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorga imzo chekdi.
Qoʻmita xabariga koʻra, shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat koʻrsatib kelgan Ahmedov Abdugʻofur boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi.
Toshboyev tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0